So’nggi yangiliklar

12:48"Ливерпуль" ўз футболчиси билан хайрлашишга тайёр  0 12:18Шикка "Арсенал", "Манчестер Юнайтед" ва "Челси" клублари қизиқмоқда  0 11:49Эшитдик-да! Ўзбекистон U-14нинг немис мураббийи терма жамоа билан Арманистонга бормади  1 11:23"ПСЖ галактикосдан қутулиб, ҳақиқий жамоага айланди. У финалга лойиқ эди. Энрике EЧЛда ҳеч ким юк бўлмаслиги кераклигини тушунади". Харгривс парижликлар таркиби ҳақида  27 10:49"Ал Ҳилол" АПЛдан мураббий олиб келмоқчи  1 10:20Элдор Шомуродов – А Серия 35-тур рамзий терма жамоасига киритилди  11 10:00Бразилия Осиё чемпионати финалчисини аяб ўтирмади  0 09:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  13 09:16"Бухоро" ҳали бери ўз майдонида ҳаракат қилмайдими? Лига Бухоро футбол академияси майдони юзасидан хавотирда  7 08:50Энрике Артетанинг гапларига жавоб қайтарди  19 08:27Ярим финалда мағлуб бўлган Артета нималар деди?  23 07:45Пролига. Бугун биринчи давранинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:10ЕЧЛ. ПСЖ "Арсенал"ни мағлуб этиб, Чемпионлар Лигаси финалига чиқди  4 01:54ЕЧЛ. ПСЖ ўз уйида ҳам "Арсенал"дан устун келди ва финалга йўл олди!  124 01:02Саудия Арабистони. Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" ўз майдонида Бензема ўйнаётган "Ал Иттиҳод"га мағлуб бўлди ва 4-ўринга тушиб кетди  12

O'zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi o'yinchisi va murabbiyi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi Yangiliklar

O'zbekistonning 2014 yildagi eng yaxshi o'yinchisi va murabbiyi uchun ovoz berish jarayoni boshlandi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi 2015 yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlash bo'yicha Respublika bo'ylab so'rovnoma boshlanganligi haqida elon qiladi.
So'rovnomada O'zbekiston va chet eldagi ommaviy axborot vositalarida ishlaydigan jurnalist, kolumnist va nyusmeykerlar, shuningdek, sport blogerlari ishtirok etishlari mumkin. Texnik xodimlar (rejissyor, operator va hk) ishtirok eta olmaydi. SHuningdek, futbol klublari va terma jamoalarning matbuot kotiblari ham ovoz berish jarayonida qatnashmaydi.

Futbol klublarining matbuot xizmati ham ovoz berish huquqiga ega. Bunda matbuot xizmati xodimlar sonidan qatiy nazar bitta ovozga ega bo'ladi va unda shaxs nomi emas, klub matbuot xizmati ovoz egasi sifatida ko'rsatiladi. Klub matbuot xizmatida ishlaydigan xodim boshqa OAV nomidan ovoz bera olmaydi.

Har bir jurnalist 3 nafar murabbiy va 3 nafar futbolchini mukofotga loyiqlik darajasi bo'yicha birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarga qo'yib chiqadi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi (ikki alohida nominaciya hisoblanib) umumiy ballar yig'indisiga qarab aniqlanadi.
Yilning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisiga ovoz berish asnosida murabbiy va futbolchining yil davomidagi faoliyatiga nazar tashlanadi.

Ishtirokchi O'zbekiston terma jamoasida o'ynaydigan, shuningdek, xorijda to'p surayotgan o'zbekistonlik legionerlar va O'zbekistonning futbol klublarida o'ynaydigan o'zbekistonlik futbolchilarga, O'zbekiston va xorijda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik  murabbiylarga ovoz berishi mumkin. O'zbekiston ligasida o'ynaydigan o'zbekistonlik bo'lmagan xorijlik legionerlar so'rovnomada ishtirok eta olmaydi.

Ovoz beruvchi to'rtta asosiy kriteriyaga rioya qilishi kerak:
1.   Yil davomidagi individual va jamoaviy ravishdagi yutuqlari
2.   Istedod, iqtidor va Fair Play.
3.   Karera
4.   SHaxsiyati va uning boshqalarga tasiri

Futbolchi va murabbiylar uchun berilgan ovozlar quyidagi tartibda hisoblanadi:
1-o'rin uchun – 3 ball
2-o'rin uchun – 2 ball
3-o'rin uchun – 1 ball

OAV xodimlari o'z ovozlarini O'FF Matbuot xizmatining elektron pochtasiga (media@the-uff.com) shuningdek faks orqali jo'natishlari lozim. Ovoz berish 19 dekabrdan ochiq va 2015 yilning 10 yanvar kuni soat 12:00 da yopiladi. Ovozlar quyidagi manzilga jo'natiladi:

Manzil:   Faks: +99871 - 244-16-83.   Email: media@the-uff.com
O'zbekiston shoh ko'chasi 98 A uy
Toshkent 100011
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика