So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  4 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  3 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

"O'zbekistonlik Totti": "Xorazm"ga Maradonani taklif etgan bo'lardim" Yangiliklar

"O'zbekistonlik Totti": "Xorazm"ga Maradonani taklif etgan bo'lardim"

Bugungi kunda "Xorazm" klubida faoliyat olib borayotgan yarim himoyachi Tursunmurod Hamdamov bilan suhbatlashdik.

- Tursunmurod karantinda nimalar bilan bandsiz?
- Avvalambor bu intervyuga taklif qilganlaringiz uchun tashakkur. SHu kunlarda uyda shug'ullanyapman. Ovqatlanish racioni va mashg'ulotlarni "Xorazm" klubi murabbiylari ko'rsatmasi asosida olib boryapman.

- Futboldagi ilk qadamlaringiz va "Totti" laqabini qachon olgansiz qiziq...

- Men Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanida tug'ilganman. Eshigimiz oldida stadion bo'lardi. SHu stadionda futbol tomosha qilib, bolalar bilan o'ynab futbolga kirib kelganman. Menga futboldagi ilk saboqlarni Sulaymon aka Boybo'tarov berganlar. "Totti" laqabi yoshligimdan futbolga kirib kelmasimdan barcha "Totti" deb chaqirardi, keyiinchalik jamoa murabbiylari ham shunday atashni boshlashgan.

- "Mashal akademiyasiga qanday borib qolgansiz? Umuman yurtimizdagi akademiyalar faoliyatiga to'xtalsangiz.

- Sport maktabda o'qib yurgan vaqtlarda ko'p musobaqalarga borganmiz. O'yinlarimni tomosha qilgan "Bunyodkor" va "Mashal" akademiyalaridan taklif bo'ldi. Murabbiyim bilan kelishib, o'sha paytlari eng yaxshi akademiya bo'lgan "Mashal" akademiyasini tanlaganmiz. Ikkinchi savolingizga keladigan bo'lsam. SHaxsiy fikrim Toshkent akademiyalarida individual mahoratga ko'p etibor berishadi. "Mashal" akademiyasida esa jamoaviy o'yinga ko'p etibor berishadi. Menga fikrimcha bolalarga ko'proq erkinlik va ijodkorlikni o'rgatish lozim.


- Maydondagi poziciyangiz va siz ko'proq qaysi hududda o'zngizni yaxshi his qilasiz?

- Menga qora mehnatni qilish ko'proq yoqadi. Tayanch yarim himoyada jamoaga ko'proq foydam tegsa kerak.

- Qaysi murabbiy faoliyatingizda muhim ahamiyat kasb etgan?

- Ko'p murabbiylar qo'l ostida shug'ullanganman. Birinchi navbatda Aleksandr Xomyakovni takidlab o'tgan bo'lardim. U juda kuchli psixolog va o'z ishining ustasi deb bilaman. Aleksandr Ejovning ham futbolchilarga muomilasi va futbolni his qilishiga qoyil qolganman.

- "Mashal" klubidan ketishingiz va "Xorazm" jamoasiga kelib ko'shilishingiz haqida aytib bersangiz?

- "Mashal"dan Aleksandr Xomyakov ketgcha, men ham boshqa takliflarni qabul qildim. "Xorazm" klubiga qelishimga to'xtaladigan bo'lsam, klubdan taklif bo'ldi. Gayrat O'daev bilan maslahatlashib chorlovni qabul qildim.

- "Xorazm" klubiga kelib o'zingiz uchun nimalarni kashf qildingiz?

- "Xorazm"da birinchi navbatda meni muxlislar qoyil qoldirdi. Men bu gaplarni xozir shu klubda faoliyat yuritayotganim uchun aytmayapman. Muxlislik madaniyati alo darajada, har doim ishqibozlar ko'p tashrif buyurishadi va qanday vaziyat bo'lsayam oxirigacha qo'llab turishadi. Xatto mag'lubyatga uchragan o'yinlarimizdayam sovg'alar berishgan. Bunday muxlislar dunyoning hech bir burchagidan topolmaysiz.

- Kumiringiz kim? O'zbekiston futbolchilaridan kimning o'yinlari sizga ko'proq yoqadi?

- Mening kumirim Pavel Nedved. Bu futbolchining o'yinlari menga zavq beradi. Hozir ham internet orqali Nedvedning oldingi o'yinlarini kuzataman va o'zim uchun nimalarnidir olishga harakat qilaman. O'zbekistonlik futbolchilaridan Temur Kapadzening intizomi va maydonda o'zini tutishi menga maqul kelardi. Yana "Xorazm" etishtirgan futbolchilardan Ilyas Xayrovning o'yinlarini televideniya orqali tomosha qilib muxlislik qilganman.

- O'zingiz bilan o'ynagan qaysi futbolchini "Xorazm" klubida ko'rgan bo'lardingiz?

- Maradona Safarovni tanlagan bo'lardim. Sababi maydonda joy tanlashi va texnik qobilyatlari juda yuqori. Bu albatta murabbiylarning ishi.


- "Xorazm"ni qachon Superligada ko'ramiz?

- O'zingizga malum futbol klub faoliyati ko'p faktorlarga bog'liq. Mening o'ylashimcha "Xorazm" klubi Superligaga loyiq jamoa. Mana bugungi kunda Maqsud aka Karimov boshliq ahil jamoa tuzilgan. Maqsud og'a klubga kelib juda katta motivaciya va ishonch bera oldi. Bu mavsum nasib qilsa Superligaga chiqamiz.

- Intervyuda fursatdan foydalanib nimalar deyishni istardingiz?

- Mening taklifim O'zbekiston futboli mutasaddilariga. SHunday bo'lim tashkil qilish kerakki faqat futbolchilar bilan har doim aloqada bo'lib turadigan bir bo'lim bo'lsa yaxshi bo'lardi. Masalan, bir klubning futbolchilardan qarzi bor deb elon qilishadi va biroz muddat o'tgandan keyin qarzlar to'liq qoplandi deb klubni ro'yxatdan o'tkazishadi. Biron kim shu klub futbolchilaridan qarzingiz to'lab berildimi deb so'rashmaydi. Kelishilgan o'yinlarni tag tomiri bilan yo'q qilish lozim shunda futbolimiz rivojlanadi.

- Muxlislarga tilaklaringiz...
- Muxlislarimizga katta rahmat qo'llab-quvvatlashayotgani uchun. Mening futbolimga "Xorazm" klubidan qachongacha talab bo'lsa, shungacha chin yurakdan xizmat qilishga tayyorman.

Xursandbek Matkarimov suhbatlashdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика