So’nggi yangiliklar

03:11АПЛ. МЮ икки марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  0 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7

Hakim Fuzaylov: "Agar o'rnimga boshqa murabbiy topilsa, ishdan bo'shashga tayyorman" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Agar o'rnimga boshqa murabbiy topilsa, ishdan bo'shashga tayyorman"

Superliga 23-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Nima deyishim mumkin, "Nasaf" chempionatimiz peshqadami. Ular ikkita frontda o'ynayapti, shunga qaramay bu jamoaga qarshi oson bo'lmasligini bilardik. Bugun harakat qildik, ammo yutqazib qo'ydik. Oldinda hali 7ta tur bor, kurash davom etadi. Mag'lubiyatlar klub rahbariyati va muxlislarimizning joniga tegib ketgan bo'lishi mumkin. To'g'risi, o'zim ham bundan charchadim. Agar o'rnimga boshqa murabbiy topiladigan bo'lsa, ishdan bo'shashga tayyorman. Juda toliqdim.

- Bugun jamoangiz durang qayd etishi mumkin edi.

- Nafaqat durang, balki o'z imkoniyatlarimizni yo'qqa chiqarmaganimizda yutib ketishimiz ham mumkin edi. Chunki birinchi taymda ham, ikkinchi bo'limda ham qulay vaziyatlarga ega bo'ldik. Imkon bo'ldi deguncha ko'p vaziyat yaratyapmiz, lekin foydalanishga kelganda oqsoqlik bor. Shuning uchun yaxshi o'ynayapmiz degan gaplardan charchadim.

Mag'lubiyat bu - mag'lubiyat. Baribir yutqazsang ishdan charchaysan. To'g'ri, jamoamiz yaxshi o'yin ko'rsatyapti, lekin natija bo'lmayapti. Jamoani chiroyli o'yin emas, qo'lga kiritilgan ochkolar Superligada saqlab qoladi. O'ylashimcha, muxlislarimiz ham ziq bo'lib ketishdi. Hammasi rahbariyat qo'lida, qarorni ular chiqaradi, mening o'rnimga kimnidir olib kelishsa shu zahoti ishdan ketaman. Chunki jamoani Superligada olib qolish kerak.

- "Xorazm" aksar gollarni 75-80-daqiqalardan keyin o'tkazib yuboryapti. Bu jamoaning jismoniy holati bilan bog'liqmi?

- Futbolchilarimizning jismoniy holati yaxshi. Biz o'yin boshidan oxirigacha bir xil harakat qila olamiz. Faqat koncentraciya yo'qolib qolyapti, shuning uchun gollar o'tkazib yuboryapmiz. Hattoo o'yinning oxirgi daqiqalarida ham hujum qila olamiz, faqat yakuniy zarbani bera olmayapmiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

+4   
26 sen 00:31:57
.
Masalliq yetarli bòlmasa ovqat òylaganday chiqmidi. Shundayam zòr òyini shu tarkib bilanam
+2   
26 sen 08:11:12
Рома
Олиб колиш керак бу тренерни.Хоразм келаси йил албатта яхширок натижа кайд килади.Гап мурабийда эмас.Бор уйинчиларни савияси уртача
+2   
26 sen 06:43:42
Бахтиёр Ашуров
Хоразим камтар таркиб биланам, грандларига қарши яхши ўйнаябди. Фақат фойдаланиш коэфеценти паст!
+2   
26 sen 01:10:53
Барса1970
Жойини топди хоразмхеч кимга берма
+1   
26 sen 10:21:39
Oybek Rahimov
ГЕТМИНГ ДУРАВАР БИР ГАП БУЛОР
+1   
26 sen 07:42:59
Уктам
Хоразм ўзи кутмаган холда суперлига чиқиб қолди, бу йил пролигадан суперлигага чиқиб ўйнаётганларнинг барчасига қийин бўлмоқда, тажриба камлигидан. Хаким акага ишонишни давом этиш керак, мағлубиятлар кичик ҳисобда. Ғалабалар ҳам бўлишига ишонаман.
   
26 sen 22:29:34
Zayniddin
Xujumchi kerak Xorazmga, yaratilgan imkoniyatlardan 10 15 foiz foydalanadigan boʻlsa xam 3 4 gol kutsa boʻladi komandadan.Fuzaylovga gap boʻlishi mumkin emas, komanda hujumkor, realizatsiya kam, bu degani tajribali hujumchi yoʻq.
   
26 sen 22:29:25
Zayniddin
Xujumchi kerak Xorazmga, yaratilgan imkoniyatlardan 10 15 foiz foydalanadigan boʻlsa xam 3 4 gol kutsa boʻladi komandadan.Fuzaylovga gap boʻlishi mumkin emas, komanda hujumkor, realizatsiya kam, bu degani tajribali hujumchi yoʻq.
-3   
26 sen 01:08:51
Барса1970
Ундин дамин ариза бер ўрнинга топилади биров топилса кетармиш
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика