O'zbekistonlik Evropa grandi safiga qaytdi
22 apr 2017 12:17
Yangiliklar
O'zbekistonlik Evropa grandi safiga qaytdi
U "Na'Vi" (Natus Vincere) safida Roman Paley ("rmN-") o'rnini egallaydi.
"Gap Akbar Bo'taev haqida ketmaganida muhim bahslar oldidan tarkibda o'zgartirishlar qilmagan bo'lardi. Akbarning o'yini bizga malum va biz yana u bilan ishlash imkonini qo'ldan chiqara olmasdik. Jamoani tark etgan Romanga o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Sen ajoyib o'yinchi va yaxshi insonsan. Akbarning avvalgi jamoasi "Vega Squadron"ga ham tezkor transfer uchun rahmat aytaman. Hozir hamma tashkilot ham o'yinchining qiziqishlarini o'ylamaydi" - deydi "Na'Vi" azolaridan biri Evgeniy Zolotaryov ("HarisPilton").
Eslatib o'tamiz, Akbar Bo'taev 2015 yilning aprelidan 2016 yilning noyabrigacha "Na'Vi" safida o'ynagan. "Na'Vi" kibersportning deyarli barcha yo'nalishlari bo'yicha tarkibga ega kam sonli jamoalardan biri hisoblanadi. Klub ko'plab yo'nalishlarda jahon chempioni bo'lishga ulgurgan.
Fikrlar