Futzal bo'yicha Oliy liga 7-tur uchrashuvlari qaerda o'tkazilishi malum
25 dek 2025 11:42
Yangiliklar
Futzal bo'yicha Oliy liga 7-tur uchrashuvlari qaerda o'tkazilishi malum
Unga ko'ra, mazkur tur bahslari 2026 yilning 7–12 yanvar kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. Uchrashuvlarga "Yunusobod" sport majmuasi mezbonlik qiladi.
"Takidlash joizki, chempionat bahslari turdan turga muxlislar etiborini tobora ko'proq tortib bormoqda. Har bir jamoa maydonga faqat g'alaba ishtiyoqida tushayotgani qiziqarli va murosasiz o'yinlar sonining ortishiga sabab bo'lmoqda. Musobaqa jadvalining yuqori va quyi pog'onalaridagi jamoalar o'rtasida kechayotgan “olti ochkolik” uchrashuvlar o'zining shiddati va keskinligi bilan futzal ishqibozlariga manzur bo'lmoqda.
7-turda ham futzal ixlosmandlari BMB, SQB, OKMK, "Lokomotiv" hamda “Nasaf” jamoalarining o'zaro to'qnashuvlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishlari aniq.
“Sport” ijodiy birlashmasi telekanallari hamda O'zbekiston futzal federaciyasining YouTube kanalida barcha uchrashuvlar jonli tarzda, to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatiladi", – deyiladi O'zbekiston futzal federaciyasi xabarida.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar