O'zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibi
24 mar 2016 13:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202444_original.jpg)
![](/upload/storage/202444_220.jpg)
O'zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibi
Biz biroz oldin Filippin terma jamoasining taxminiy tarkibini havola qilgandik. Navbat O'zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibiga. Darvozani Aleksandr Lobanov qo'riqlasa kerak. Himoyada qanotlarda To'xtaxo'jaev va Denisov harakat qilishadi. Markaziy himoyachilar Krimec va Ismoilov bo'ladi. Tayanch yarim himoyada Haydarov o'rniga Javohir Sohibov tushishi kutilmoqda. Ahmedov va Jeparov markazda o'ynashadi. Qanotlarda Rashidov va SHomurodov harakat qiladi. Hujumda Igor Sergeev.
Samvel Babayan bugungi o'yinda taxminan mana shunday tarkibni maydonga tushiradi:
Darvozabon: Aleksandr Lobanov
Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev, Egor Krimec, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov
Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sardor Rashidov, Eldor SHomurodov.
Hujumchilar: Igor Sergeev
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Filippin o'rtasidagi o'yin soat 18:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar