So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  9 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

U-20 Osiyo kubogi oldidan. Jamoliddin Rahmatullaev: "Bu yoshdagi jamoa ko'p narsaga qodir, ular chempionlikni himoya qila oladi" Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi oldidan. Jamoliddin Rahmatullaev: "Bu yoshdagi jamoa ko'p narsaga qodir, ular chempionlikni himoya qila oladi"

Bugun O'zbekiston U-20 terma jamoasi Xitoydagi qita turnirida yurishini boshlaydi.

Amaldagi chempionlar dastlabki uchrashuvni Yamanga qarshi o'tkazishadi. Biz mazkur o'yin oldidan yoshlar bilan ishlash bo'yicha tajribali murabbiy Jamoliddin Rahmatullaevning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Mazkur yosh toifasidagi (2005-2006) futbolchilar siz uchun begona emas, klublarda va terma jamoada birga ishlagansiz. Yani bu avlodni juda yaxshi bilasiz. Shunday ekan terma jamoamizning bu musobaqadagi ishtirokidan ko'proq nima kutyapsiz?

- To'g'ri aytdingiz. 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar menga begona emas. Ularning ayrimlari bilan klubda, qolganlari bilan Toshkent terma jamoasida ishlaganmiz. Umuman bu avlodda istedodlar ko'p. Terma jamoa o'tgan vaqt mobaynida yaxshi shakllandi, tayyorgarlik ham reja asosida o'tdi. Argentina kabi yaxshi sparring raqiblar bilan uchrashuvlar tashkil qilindi. Shu sababli terma jamoamizdan bemalol sifatli o'yin va yaxshi natija kutishimiz mumkin. Minimum vazifa Jahon chempionati yo'llanmasi bo'lsa, maksimum vazifa albatta avvalgi Osiyo kubogidagi natijani takrorlash hisoblanadi. Shaxsan o'zim ulardan ortga sovrin bilan qaytishlarini kutmoqdaman.

- Terma jamoaga 2006 yillarning qo'shilgani raqobatni kuchaytirdi deya olamizmi?

- Albatta. Sababi 2006 yil futbolchilarimiz barcha bosqichlardan o'tishdi. Osiyo kubogi, Jahon chempionatlarini ko'rishdi. Ushbu omil jamoaga qo'l kelishi aniq. Yana takidlashim mumkinki, yangi qon qo'shish sog'lom raqobatni yuzaga kelishiga yordam beradi. U-20 terma jamoamizda mana shu holatni kuzatdim.

-  Bunday musobaqalarda nima hal qiluvchi rol o'ynaydi? Jamoaviy o'yin yoki individual mahorat? 

- Xalqaro turnirlarda jamoani har tomonlama tayyorlash muhim hisoblanadi. Hozirgi kunda jamoalar bir-birini yaxshi tahlil qilmoqda. Individual mahorat evaziga o'yin qursangiz raqiblar oson o'rganib oladi. Agar jamoangiz taktik va jamoaviy o'yin tomonlama shakllangan bo'lsa, har qanday holatga tayyor bo'la olasiz. 

- Eng kuchli tarafimizni nimada ko'ryapsiz?

- Zaxira o'rindig'imiz kengligini ustun tarafimiz sifatida aytgan bo'lardim. Bunday zaxira bilan rotaciyalar orqali uzoqqa bora olamiz. Imkoniyat tug'ilganida jamoamizga katta musobaqa oldidan omad yor bo'lishini, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishlarini tilab qolaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика