ECHL. "Manchester Siti" - "Real" 1:0 (MATNLI TRANSLYACIYA)
12 fev 01:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814447_original.jpg)
![](/upload/storage/814447_220.jpg)
ECHL. "Manchester Siti" - "Real" 1:0 (MATNLI TRANSLYACIYA)
Manchester shahrida Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi "Real Madrid" Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" mehmoni bo'lyapti. Uchrashuvdan matnli translyaciyani shu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.
Gol inobatga olindi, mezbonlar oldinga chiqib olishdi.
Bu ECHLmi yoki o'zimizni Superligami)) 2 daqiqaadan beri VARni eshitadi bosh hakam)
19 - GOOOLLL! Erling Xoland hisobni ochmoqda, Gvardioldan assist, Grilishdan esa Yoshkoga zargarona pas - 1:0. Grilish xuddi shunday pasni Angliya kubogida De Bryuynega uzatib bergan edi.
15 - Savinoning zarbasi ancha noaniq.
13 - Vinisius birga bir chiqib ketishi mumkin edi, Ake va Akanji uri o'rtaga olib zararsizlantirishdi.
12 - Zarbaaa, "Real" nimalar qildi 1 daqiqa ichida... Ferlan Mendining yaqindan bergan aniq zarbasini Ake qaytarib yubordi. Madridliklar tempni keskin oshirib yuborishdi.
11 - Zarbaaa, Vini Ruben diashni osongina aldab Mbappega oyog'ining tashqi tomoni bilan pas berdi, Kilianning zarbasini Ederson qaytardi.
9 - Bir qarashda Vinisius birga bir chiqib ketdi va Ederson uni chaldi, lekin ofsayd ekan. Penalti ham yo'q.
8 - Mbappe Diashdan qochib ketishi mumkin bo'lgan epizodda Ederson to'pga yugurib chiqdi va xavfni bartaraf etdi.
"Man Siti" muxlislari Vinisiusga atab tayyorlagan banner.
3 - De Bryuynening jarimadan tepgan to'pini Valverde maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
Uchrashuv start oldi, kettik.
- Bugun Gvardiola 4-3-3 sxemasi bilan boshlaydi o'yinni.
- ECHL gimni futbol olamidagi eng zo'r gimn bo'lsa kerak. Etlarni junjiktirib yuboradi.
- Jamoalar maydonga tushib kelishdi, bizni qaynoq 90 daqiqa kutmoqda.
- "Etixad stedium"da muhit super.
- Bugun Jon Stounz tayanch yarim himoyasida o'ynaydi, Akanji esa o'ng qanot himoyada.
Ueyn Runi, Klarens Zedorf va Daniel Starrij kabi yaqin o'tmishning yulduzlari bellashuvdan 1 soat oldin efirga chiqishgan palla.
"Etixad stedium" tashqarisida muxlislar tanovul qilib olishlari uchun mo'ljallangan joy.
- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Birozdan so'ng ECHL pley-off o'yinlarining markaziysi start oladi. "Manchester Siti" - "Real" to'qnashuvini finaldan oldingi finalga qiyoslasak ham bo'ladi, nazarimizda.
Manchester City Erling Haaland - 19' |
Champions League Final Stage . 1/16-tur 12/02/2025, 01:00 0
:
1
1-bo'lim
|
Real Madrid |
Stadion: Etihad Stadium
Bosh hakam: Clement Turpin
ECHL, Pley off
11.02.2025
"Etixad stedium", Manchester
"Manchester Siti" - "Real" 1:0 LIVE
Gol: E.Xoland (Y.Gvardiol) 19
Bosh hakam: Kleman Tyurpen
"Manchester Siti": 31.Ederson Moraes; 3.Ruben Diash, 5.Jon Stounz, 6.Natan Ake, 24.Yoshko Gvardiol, 25.Manuel Akanji, 10.Jek Grilish, 17.Kevin De Bryuyne, 20.Bernardu Silva, 26.Savino, 9.Erling Xoland.
Zaxira: 18.Shtefan Ortega, 7.Omar Marmush, 8.Mateo Kovachich, 11.Jeremi Doku, 14.Niko Gonsales, 19.Ilkay Gyundogan, 27.Mateus Nunes, 45.Abduqodir Husanov, 47.Fil Foden, 75.Niko Orayli, 82.Riko Lyuis, 87.Jeyms Makati.
"Real": 1.Tibo Kurtua; 8.Federiko Valverde, 35.Raul Asensio, 14.Orelen Tchuameni, 23.Ferlan Mendi; 6.Eduardo Kamavinga, 19.Dani Sebalos; 11.Rodrigo, 5.Jud Bellingem, 7.Vinisius Junior; 9.Kilian Mbappe.
Zaxira: 13.Andrey Lunin, 10.Luka Modrich, 15.Arda Guler, 16.Endrik, 18.Valexo, 20.Fran Garsiya, 21.Braim Dias, 30.Gonsalo, 31.Jaykobo Ramon, 36.Chema, 39.Lorenco Aguado.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar