Marushichning dubli "Neftchi"ga Gruziya jamoasi ustidan g'alaba keltirdi. Uchrashuvda o'zbekistonlik hakamlar va VAR ishladi
13 fev 19:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814642_original.jpg)
![](/upload/storage/814642_220.jpg)
Marushichning dubli "Neftchi"ga Gruziya jamoasi ustidan g'alaba keltirdi. Uchrashuvda o'zbekistonlik hakamlar va VAR ishladi
Vitaliy Levchenko shogirdlarining bu galgi raqibi Gruziyaning "Kolxeti-1913" klubi bo'ldi. Unda farg'onaliklar Marushichning ikkita goli evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Hisob bundan ham yirik ko'rinish olishi mumkin edi, biroq 85-daqiqada Jamshid Iskanderov ijrosidagi penaltini raqib posboni bartaraf etdi.
Etiborlisi, uchrashuvni o'zbekistonlik hakam Akobirxo'ja Shukurullaev boshqarib bordi. Shuningdek, VAR tizimi ham ishlatildi.
"Neftchi" – "Kolxeti-1913" (Gruziya) 2:1
Gollar: Zoran Marushich 63', 74'
Gol urilmagan penalti: Jamshid Iskanderov 85' (darvozabon)
"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov, 3.Farruh Sayfiev, 77.Bilolxon Toshmirzaev, 66.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 27.Ikrom Aliboev, 11.Jamshid Iskanderov, 7.Abror Ismoilov, 8.Vladimir Yovovich, 22.Toma Tabatadze.
Zaxiradan tushganlar: G'ulomhaydar Gulyamov, Zoran Marushich, Yovan Jokich, Bobir Abdixoliqov, Shohruh Gadoev, Muhammadali G'iyosov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar
Barcha xakamlarimiz ushattekanu