So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

U-20 Osiyo kubogi. Porlashi kutilayotgan futbolchilar Yangiliklar

U-20 Osiyo kubogi. Porlashi kutilayotgan futbolchilar

Chorshanba kuni U-20 Osiyo kubogi start oldi. Turnirda 16 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

A guruhi

Shi Son Chen (Xitoy)

Mezbon sifatida Xitoydan yorqin o'yin kutilmoqda va jamoani etaklash masuliyati Shi Son Chenning zimmasiga tushadi. 19 yoshli markaziy himoyachi "Shandong Taishan" klubining B jamoasida to'p surmoqda.

Luka Yovanovich (Avstraliya)

Hujumchi Afg'onistonga qarshi o'tkazilgan o'yinda jamoasiningi ikki goliga ham mualliflik qildi va u hujum chizig'ida etakchilik qilishi kutilmoqda. 19 yoshli futbolchi "Adelaida Yunayted" klubida to'p tepadi.

Iriskeldi Madanov (Qirg'iz Respublikasi)

19 yoshli hujumchi Qirg'iz Respublikasining final bosqichiga chiqishida hal qiluvchi rol o'ynadi. U "I" guruhda ikkita gol urdi, uning jamoasi esa Yaponiya bilan bir xil 7 ochko to'plab, ajoyib natija qayd etdi.

Ibrohim Muhammadali (Qatar)

Saralashning "J" guruhida jamoa sardori Muhammadali namunali o'yin ko'rsatdi. 19 yoshli yarim himoyachi har o'yinda bittadan gol urdi, Qatar esa to'qqiz ochko bilan guruh bosqichini peshqadam sifatida yakunladi.

"B" guruhi

Amuri Faysal (Iroq)

20 yoshli yarim himoyachi Iroq sardori va tayanch futbolchisi bo'lib, jamoasining "H" guruhida to'qqiz ochko bilan birinchi o'rinni egallashida muhim rol o'ynadi. U G'arbiy Osiyo jamoasining saralash uchrashuvlarida o'z hisobiga uchta gol yozdirib qo'ydi.

Odi Burxon Faxuriy (Iordaniya)

Iordaniya ikkinchi o'rinni egallagan eng yaxshi beshta jamoa qatoriga kirdi. 19 yoshli Faxuriy o'z vazifasini alo darajada bajarib, saralashning "J" guruhida Qatardan keyin ikkinchi o'rinni egallagan jamoasi safida uchta to'p kiritdi.

Tamer Fathi Alxaybari (Saudiya Arabistoni)

Alxaybari saralash bosqichida eng ko'p - besh gol urib, chinakam yulduzga aylandi. Saudiya Arabistoni esa 10 ochko to'plab, "D" guruhida peshqadamga aylandi. 19 yoshli hujumchi jamoasining to'rtinchi marta chempionlik unvonini qo'lga kiritishi yo'lidagi kurashda etakchilik qilishi kutilmoqda.

Ri Chon Dok (Shimoliy Koreya)

20 yoshli Ri saralash bosqichining "E" guruhida birinchi o'rinni egallagan Shimoliy Koreya jamoasi tarkibida alohida ajralib turadigan o'yinchiga aylandi. KXDR O'mondan to'rt ochko ilgarilagan holda guruhni yakunlashdi. To'rtta gol urgan hujumchi 2014 yildan beri ilk marta pley-off bosqichiga yo'l olish ilinjidagi koreyslarning natijalariga ulkan hissa qo'shishi kutilmoqda.

"C" guruhi

Saidumarxon Saidnurullaev (O'zbekiston)

U-20 Osiyo kubogi so'nggi yillarda ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar uchun muvaffaqiyatga erishish yo'li bo'lib kelmoqda. Saidnurullaev ham Xitoydagi musobaqada ajoyib o'yin ko'rsatib, ularning izidan borishga harakat qiladi. 20 yoshli yarim himoyachi saralash bosqichida 4 ta gol urdi. O'zbekiston chempionlik unvonini himoya qilishga bel bog'lagan ekan, uning yanada ko'proq gol urishini kutish mumkin.

Ismoil G'olizoda (Eron)

Yarim himoyachi saralash bosqichida uchta gol urdi, Eron esa to'qqiz ochko bilan mukammal natija ko'rsatdi. G'olizoda Eronning chempionlik unvonini qo'lga kiritish uchun kurashida hal qiluvchi ahamiyatga ega futbolchi bo'ladi.

Jens Raven (Indoneziya)

Yarim himoyachi saralash bosqichida uchta gol urib, yorqin taassurot qoldirdi. Indoneziya Yaman, Timor va Maldiv orollarini ortda qoldirib, "F" guruhida birinchi o'rinni egalladi. 19 yoshli futbolchi hozirda Niderlandiyaning "Dordrext" yoshlar jamoasida mahoratini oshirmoqda.

Abdulrahmon Abdulnabi (Yaman)

Saralash bosqichidagi eng yosh o'yinchilardan biri bo'lgan 16 yoshli Abdulnabi jamoasini final bosqichiga olib chiqishda yo'lida ikkita gol urib, ajoyib o'yin namoyish etdi. O'ng qanot hujumchisi bo'lgan Abdulnabi Yamanning "Al Vahda" jamoasida to'p tepmoqda.

"D" guruhi

Soma Kanda (Yaponiya)

Soma Kanda saralash bosqichida ajoyib natija ko'rsatdi. U uchta gol urib, Yaponiyaning "I" guruhda etti ochko bilan peshqadam bo'lishida hissa qo'shdi. 19 yoshli "Kavasaki Frontale" hujumchisi allaqachon Osiyo Elit Chempionlar Ligasida tajriba orttirdi, endilikda u Yaponiyaga ikkinchi bor chempionlik unvonini qo'lga kiritishi uchun yordam beradi.

Shim Yon Von (Janubiy Koreya)

Janubiy Koreya 13-chempionligini qo'lga kiritib, o'z rekordini yangilashga harakat qiladi. Jamoaning oldingi chiziqdagi imkoniyatlari yuqori bo'lsa-da, himoyachi va jamoa sardori Shimning roli o'ta muhim ahamiyatga ega. Chunki sharqiy osiyoliklar juda murakkab guruhda mudofaa bo'yicha barqarorlikni taminlashlari kerak bo'ladi.

Anas Dahhon (Suriya)

Suriya terma jamoasi saralashning "A" guruhida to'xtatib bo'lmas kuchga aylandi va 12 ochko bilan final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 19 yoshli hujumchi Dahhon jamoaning asosiy quroliga aylandi va to'rt marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Anasning Yaponiya va Janubiy Koreya himoyachilariga qarshi kurashini ko'rish maroqli bo'ladi.

Kelan Rayan (Tailand)

Tailand eng yaxshi beshta ikkinchi o'rinni egallagan jamoalardan biri sifatida final bosqichiga etib keldi. Buning uchun ular besh gol urgan hujumchi Rayandan minnatdor bo'lishi lozim. Janubi-Sharqiy Osiyo jamoasi o'ta kuchli jamoalar jamuljam bo'lgan "D" guruhidan chiqish uchun 19 yoshli futbolchining yuksak mahoratiga muhtojlik sezadi.


U-20 Osiyo kubogi. Terma jamoalar haqida faktlar

U-20 Osiyo kubogi oldidan. Jamoliddin Rahmatullaev: "Bu yoshdagi jamoa ko'p narsaga qodir, ular chempionlikni himoya qila oladi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика