"Yuventus" sobiq futbolchisiga 6 oylik shartli qamoq jazosi berildi
13 fev 22:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814655_original.jpg)
![](/upload/storage/814655_220.jpg)
"Yuventus" sobiq futbolchisiga 6 oylik shartli qamoq jazosi berildi
Bugun Turinda 2023 yilning 21 iyul kunida bo'lgan voqelik borasida sud ishlari bo'lib o'tdi. O'shanda "Yuventus"da o'ynab turgan futbolchi alkogol qabul qilgan holatda rulda bo'lgan va boshqaruvni yo'qotib, qarama-qarshi tomonga o'tib ketgan. Lekin u boshqa avtoulovlarga zarar etkazmagan.
Voqea joyiga etib borgan mahalliy policiya azolari futbolchini alkotesterdan o'tkazgan va unda normasidan 3 baravar ko'p alkogol aniqlangan. Ruganiga 6 oylik shartli qamoq jazosi berildi va haydovchilik guvohnomasi olib qo'yildi. Shuningdek, 2 ming evro jarimaga tortildi. Shuningdek, uning "Maserati Levante Trofeo" mashinasi musodara qilindi. Italiyalik futbolchi appelyaciya bermoqchi.
Daniele Rugani ushbu mavsumni "Ayaks"da ijara asosida o'ynamoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar