"Manchester Siti"ga yangi darvozabon kerak"

Sherzod Nurmatov
13 fev 2025, 18:02
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Siti" posboni Edersonning UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi "Real"ga qarshi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Manchester Siti"ga yangi darvozabon kerak. Edersonning o'yini jamoaga qimmatga tushdi. U jamoaning muhim futbolchisi va uning yordami bilan APL va Chempionlar Ligasi g'olibligiga erishilgan. Biroq uning o'yini anchadan beri qovushmayapti. Bu undan kutiladigan daraja emas", – dedi Karrager.

"Shaharliklar" o'tish bahsining birinchisida "qirollik klubi"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Raqiblar javob uchrashuvini kelasi hafta Madridda o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports