So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  109 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  5 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  75 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  12 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

O'zbekiston MTJ SHri-Lankaga qarshi uchrashuv oldidan mashg'ulot o'tkazdi + Doston Hamdamovning ertangi o'yin haqida fikri GALEREYA Yangiliklar

O'zbekiston MTJ SHri-Lankaga qarshi uchrashuv oldidan mashg'ulot o'tkazdi + Doston Hamdamovning ertangi o'yin haqida fikri GALEREYA

Bugun "Navbahor" klubi zaxira maydonida O'zbekiston milliy terma jamoasining SHri-Lankaga qarshi o'yinoldi mashg'ulot o'tkazdi.

Xabaringiz bor, Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslarining final bosqichida Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Tailand, Maldiv orollari va SHri-Lanka bilan "C" guruhidan joy olgandi. Ertaga Namangan viloyatida mazkur saralash bahslari start oladi. O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk turda SHri-Lankaga qarshi o'yinoldi mashg'ulot o'tkazdi. Yig'inda tarkibga jalb etilgan barcha futbolchilar ishtirok etdi. Mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV xodimlari uchun tarzda o'tkazildi. SHuningdek, terma jamoa futbolchisi Doston Hamdamov bo'lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bo'lajak o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Buning samarasini ertaga muxlislar ko'z o'ngida namoyish etib, saralash bosqichini g'alaba bilan boshlamoqchimiz.

- Saralash bosqichi doirasida uchta uchrashuv o'tkazasizlar. Murabbiy uchala bahsga ham kuchni teng taqsimlagan holda o'yin namoyish etish kerakligi to'g'risida ko'rsatma berdimi yoki dastlabki to'qnashuvdayoq barcha kuchni sarflash kerakligini takidladimi?

- Albatta, o'yin tashkil etishimiz qanday raqib ekanligiga ham bog'liq. Biroq barcha uchrashuvlarda bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.


O'zbekistonlik taniqli futbol fotografi Hasan Pirmuhammedov (HP Photo)

Barcha suratlarni saytimizning GALEREYA bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Foto: Tolibjon Qosimov

Barcha suratlarni saytimizning GALEREYA bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика