So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  5 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  9 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  3 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

O'zbekiston MTJ murabbiylar shtabiga Kuperning sobiq yordamchisi va rossiyalik 71 yoshli mutaxassis qo'shildi. Kapadze esa... Yangiliklar

O'zbekiston MTJ murabbiylar shtabiga Kuperning sobiq yordamchisi va rossiyalik 71 yoshli mutaxassis qo'shildi. Kapadze esa...

Xabaringiz bor, JCH-2022 saralash bosqichi bellashuvlariga hozirlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borish uchun bugun Dubay shahriga etib bordi.

Yig'in avvalida Vadim Abramovning murabbiylar shtabi tarkibida o'zgarish yuz berdi. O'zbek futboli ixlosmandlariga tanish bo'lgan Antonio Sarioglou endilikda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida milliy jamoamizda faoliyat olib boradi.

Malumot o'rnida, ushbu murabbiy 2018-2019 yillar davomida O'zbekiston MTJ futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi bo'yicha Ektor Kuperga yordamlashgan. Bunga qadar u Misr terma jamoasi hamda Greciyaning “Aris”, “Veriya” va “Iraklis” klublarida faoliyat yuritgan.



SHuningdek, Timur Kapadzening asosiy etibori O'zbekiston U-20 terma jamoasi hamda yangi tashkil etilayotgan “Olimpik” klubiga qaratilishi sabab, uning o'rniga MTJ yordamchi murabbiyi sifatida Viktor Tishenko tayinlandi. Rossiyalik mutaxassis uzoq yillik murabbiylik faoliyati davomida “Aktobe”, “Neftchi-Farg'ona”, “Lada-Tolyatti”, “CHernomorec”, “Sochi-04” kabi bir qator klublarida ish olib borgan.





Reyting: -30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика