O'zbekiston Moldova bilan o'ynamaydigan bo'ldi
16 dek 2015 15:49
Yangiliklar


O'zbekiston Moldova bilan o'ynamaydigan bo'ldi
O'zbekiston hamda Moldova terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bekor qilindi.
Ushbu uchrashuv 2016 yilning 9 fevralida Turkiyaning Antaliya
shahrida bo'lib o'tishi kerak edi. O'FF fevral oyida BAAda yig'in o'tkazishga qaror qildi.
Moldova esa birgina O'zbekiston
bilan o'yin BAAga borishni istamadi va bahs bekor qilindi.Moldova
futbol Federaciyasi vice-prezidenti Ion Testemicanu bu haqda o'z fikrlarini
bildirib o'tdi:
- Biz
9 fevral kuni O'zbekiston bilan o'ynamoqchi edik. Ruminiya bilan 4 yoki 5 fevral
kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi bo'ldik. Uchrashuvlar Antaliya shahrida o'tkazilishi
kerak edi. O'FF yig'inni BAAda o'tkazishga qaror qildi. Bizning
Federaciyada BAAga bitta o'rtoqlik uchrashuvi uchun borish uchun pul yo'q, - deydi Testemicanu moldliga.com saytiga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar