So’nggi yangiliklar

21:15"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  0 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  147 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   4 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  2 19:15Футзал бўйича ЖЧ. Украина – Бразилия (матнли трансляция  4 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  10 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  3 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  7 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  9 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  1 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7

O'zbekiston Kubogi. "Paxtakor" - "Lokomotiv". Prevyu Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. "Paxtakor" - "Lokomotiv". Prevyu

1 iyul kuni O'zbekiston Kubogida finalchilar nomi aniqlanadi.
Toshkentda "Paxtakor" "Lokomotiv"ni qabul qiladi. O'tgan juma kuni TTYMI stadionida kechgan uchrashuvda "Lokomotiv" Ibrohim Rahimovning yagona goli evaziga g'alaba qozongandi. Jamoamiz finalga yo'l olishi uchun 2 to'p farqi bilan g'alaba qozonishi zarur. Agar asosiy vaqt 1:0 hisobida yakunlansa, unda qo'shimcha bo'limlarga murojaat qilinadi. SHunda ham natija saqlanib qolsa, unda penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.

Jamoalar tarkibida diskvalifikaciya sababli maydonga tusha olmaydigan futbolchilar yo'q. Jarohatlar xalal bermagan taqdirda barcha etakchi o'yinchilarning harakatlariga guvoh bo'lishimiz mumkin. Uchrashuv 1 iyul, seshanba kuni "Paxtakor" Markaziy stadionida soat 19:30da boshlanadi.

Bellashuvni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Ushbu referi birinchi davrada 2:2 hisobida yakunlangan bahsni boshqargandi. "Loko"ning chempionatda "Metallurg" va kubokda "Dinamo" bilan Samarqanddagi o'yinlarini boshqargan.

"Paxtakor" - "Lokomotiv" bahsiga tashrif buyurib, "Sog'lom bola yili"ga bag'ishlangan "Omadli muxlis" ijtimoiy akciyasida ishtirok etish va esdalik sovg'alari sifatida 2ta smartfon, U Cell va Sharq Telecom kompaniyalaridan esdalik sovg'alari, Fitness House sog'lomlashtirish markazidan bepul oylik abonementini yutib olish imkoniyatiga ega bo'lasiz. CHiptalarni "Paxtakor" Markaziy stadioni kassalaridan xarid qilishingiz mumkin. CHipta narxi 5000 so'm. Barchani jamoamiz uchun muhim bo'lgan uchrashuvga taklif etamiz.


"PAXTAKOR" - "LOKOMOTIV"

Hakamlar:
Valentin Kovalenko (Toshkent), Rafael Ilyosov (Toshkent), Mamur Saidqosimov (Toshkent), Dmitriy Pislegin (Toshkent).

Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика