So’nggi yangiliklar

16:24"Арсенал" 80 млн. евролик трансфер бўйича музокара ўтказмоқда  1 16:05Мажид Ҳасан: "Узоқ вақтдан бери мағлубиятга учрамай келаётган Ўзбекистонга қарши икки баравар куч билан майдонга тушишимиз лозим"  3 15:40Али Хасиф: "Ўзбекистон енгиб бўлмас тўсиқ эмас"  12 15:24Аллегри "Милан"га қайтди  0 15:12"Реал" янги футболчисини эълон қилди  11 15:03БАА терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  10 14:44Эшитдик-да! "Нефтчи" раҳбариятида истеъфо  14 14:44"Дутор" ва "Котта Болла"дан ғалабалар — Like Cup мусобақасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:51Доннарумма вакили ПСЖ ҳақида: "Агар янги шартнома имзоламасак, бошқа вариантларни кўриб чиқамиз – ҳеч нарсани истисно қилмаймиз. Жанлуижи Парижда хурсанд".  0 13:12Россияга қарши баҳс учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  7 12:43Ўзбекистон - Қатар учрашуви учун чипталар офлайн сотилади  23 12:09Ла Лига мавсумида ВАРнинг энг кўп қарорлари "Реал"га қарши қабул қилинган – 16 та, "Барса"га қарши – 7 та  30 11:37ФИФА Анчелоттининг Бразилия терма жамоасига тайинланиши бўйича тергов бошлади  2 10:52Италия грандларига "Реал" ҳужумчиси керак  3 10:23Тен Хаг МЮдан собиқ футболчиларини олиб келмоқчи  6

O'zbekiston chempionatida g'olib chiqqan xorijlik murabbiylar. Arveladze, Silva, Skolari, Agamurodov... Yangiliklar

O'zbekiston chempionatida g'olib chiqqan xorijlik murabbiylar. Arveladze, Silva, Skolari, Agamurodov...

Ichki chempionatimizda ishtirok etadigan jamolar aksariyat hollarda mahalliy mutaxassislar qo'l ostida chempionlikni nishonlab kelishadi.

Deylik, Mirjalol Qosimov “Bunyodkor” bilan bir necha marotaba birinchilikni qo'lga kiritgan bo'lsa, Yuriy Sarkisyan “Neftchi” bilan besh bor oltin medallarga ega chiqqandi. Biroq, o'z jamoasi bilan O'zbekiston chempionati shohsupasiga ko'tarilgan xorijlik mutaxassislar ham yo'q emas. Demak, bugun ular haqida so'z yuritamiz.

Ubiraja Vega Da Silva – Oliy Ligada chempionlikni qo'lga kiritgan birinchi murabbiy hisoblanadi. 1998 yil “Paxtakor” boshqaruvini qo'liga olgan braziliyalik mutaxassis mavsum yakunida jamoani uzoq vaqtdan so'ng yana chempionlik sari etaklaydi. “SHerlar” bunga qadar 1992 yildagina “Neftchi” bilan birinchi o'rinni bo'lishgandi. Tarkibda Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin, Azamat Abduraimov kabi yulduzlar bilan ajoyib ahil jamoani shakllantirgandi. O'sha yili umumiy hisobda 30ta uchrashuv o'tkazadi, shulardan 24ta bahsda g'alaba nashidasini suradi, 4ta bellashuvda durang va ikki bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Turnir jadvalida farg'onaliklarni ortda qoldirgan holda 76 ochko to'playdi.

Leonid Ostroushko – Silvadan so'ng qozog'istonlik mutaxassis Ostroushko 2000 yilda Toshkent viloyatining “Do'stlik” jamoasi bilan chempionatda bosh sovrinni va O'zbekiston kubogini qo'lga kiritadi. Ushbu murabbiy O'zbekistondagi faoliyati davomida “Navbahor”da ham ishlashga ulgunrgandi. Milliy terma jamoani bitta uchrashuvda maydonga boshlab tushgan. Ikki yil ketma ket chempionlikni hech kimga bermagan “Do'stlik” 2003 yildan so'ng tarqatib yuborildi. Leonid Konstantinovich qo'l ostida Jafar Irismetov ko'plab gollar urib to'purarga aylangandi.

Tachmurod Agamurodov – 2002 yildan so'ng yangi darajaga ko'tarilishni boshlagan “Paxtakor” tarkibga chempionatimizdagi eng kuchli futbolchilarni jalb qiladi. Ularga esa turkmanistonlik murabbiy Tachmurod Agamurodov boshchilik qiladi. O'zbek futboliga o'zgacha uslubni olib kirgan mutaxassis jamoadagi dastlabki mavsumidayoq chempionlik poygasida birinchilardan bo'ladi. SHuningdek, ushbu yilda poytaxt klubi xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etadi va OCHL yarim finaliga qadar etib boradi. Final ostonasida Tailandning “Bek Tero Sasana” to'sig'idan o'ta olmagandi. Agamurodov bu ishni 2004 yilda ikkinchi bor amalga oshiradi va yarim finalda "Seongnam Ilva CHunma" jamoasiga yutqazadi. Uning ustozligidagi yillarda “Paxtakor” uch bor O'zbekiston chempioni bo'ldi.


Ziko – 2008 yilning ikkinchi yarimida terma jamoa bosh murabbiyiga aylangan Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”dagi ishini yig'ishtirishga to'g'ri keladi. Bu paytga kelib uning qo'l ostidagi “qaldirg'ochlar” OCHL yarim finaliga etib kelgandi. Klub rahbarlari Qosimovning o'rniga mashhur braziliyalik Zikoni olib keladi. Ushbu mutaxassis boshqaruvida ichki chempionatdagi barcha sovrinlarni o'ziniki qilgan bo'lsada, final yo'llanmasi uchun Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” jamoasiga imkoniyatni boy beradi. Mavsum yakunlangach Ziko Moskvaning CSKA taklifini qabul qiladi va O'zbekistondagi faoliyatiga yakun yasaydi.


Luis Felipe Skolari – Hamyurtidan so'ng “Bunyodkor” murabbiyi sifatida tanishtirilgan Skolari 2009 yilda Oliy Ligada jamoani chempionlik unvoni sari boshladi va ketma-ket ikki bor birinchilikni qo'lga kiritdi. O'sha yili ko'plab taniqli futbolchilarga ega jamoa mamlakat kubogi finalida “Paxtakor”ga mag'lub bo'lgandi. OCHLda esa uzoqqa bora olmagan va chorak finalda ikki o'yin natijasiga ko'ra “Poxang Stilers” ga yarim final yo'llanmasini o'z qo'li bilan topshiradi. Skolari bildirilgan ishonchlarni va o'ziga sarflangan mablag'larni oqlamadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Klubdagi so'ngi mavsumida uning shogirdlari OCHL nimchorak finalida bitta o'yindan iborat bellashuvda “Al Xilol”ga taslim bo'ladi va musobaqa bilan erta xayrlashadi.


Mirko Yelichich – 2016 yilda “Lokomotiv” raqiblari “Paxtakor” va “Bunyodkor”ning chempionlik seriyasini to'xtatishga erishadi. Darhaqiqat, bu mavsumda “temiryo'lchilar” o'zlarining tarixdagi ilk chempionligini tantana qilgandi. OCHLda ikkinchi marotaba guruh bosqichida qatnashganiga qaramasdan chorak finalgacha boradi. O'zbekiston kubogida “Nasaf” mag'lubiyatga uchratiladi. Bularning barchasida murabbiy Mirko Yelichichning hissasi katta. Uchrashuvlarda bosh murabbiy sifatida Andrey Miklyaev ko'rsatilsada barcha ishni avstraliyalik Yelichich qilardi. Ko'rsatmalar, futbolchilarni o'yinga hozirlash uning bo'ynida bo'lardi. “Loko”ga qadar Mirko “Paxtakor” murabbiylar shtabida faoliyat olib borganini bilsangiz kerak.


SHota Arveladze – “Lokomotiv”ning uch yillik gegemonligiga o'tgan mavsumda “Paxtakor” chek qo'ydi. Gruziyalik murabbiy Arveladze 2017 yilda jamoaga kelgandi va ikki yarim yildan so'ng “sherlar”ni chempionlik sari etakladi. SHuning bilan birga O'zbekiston kubogi va Liga kubogida ham sovrinni o'ziniki qildi. OCHLda guruhdan chiqish masalasini oxirgi daqiqalarda ijobiy hal qila olmagan bo'lsa ham futbolchilar ko'rsatgan iroda va chiroyli o'yin ko'pchilikka manzur keladi.



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика