So’nggi yangiliklar

14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  2 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  12 13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  4 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  7 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  8 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  5 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  43 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  13 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  17 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  25 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13

O'zbek futboli afsonasi, Xirosimadagi tarixiy gol muallifi Azamat Abduraimovni tabriklaymiz Yangiliklar

O'zbek futboli afsonasi, Xirosimadagi tarixiy gol muallifi Azamat Abduraimovni tabriklaymiz

Teglar :  Azamat Abduraimov
Bugun 27 aprel sanasida ko'plab mashhur shaxslar dunyoga kelgan.

Ulardan biri o'zbek futboli tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri, Xirosimadagi Osiyo o'yinlarida Janubiy Koreya darvozasiga urilgan tarixiy gol muallifi Azamat Abduraimov tavallud kunini nishonlamoqda. Tajribali mutaxassis 54 yoshni qarshi oldi.

Azamat Abduraimovning bolalik yillari asosan Moskvada o'tdi. Bolaligida hokkey va futbol bilan shug'ullandi. Yakuniy qarorni qabul qilishda esa baribir futbolni tanladi. Moskva futbol maktabi tarbiyalanuvichisi ilk qadamlarini ushbu jamoada tashladi. 1984 yilga kelib “Spartak” jamoasining yoshlar jamoasiga taklif qilindi va murabbiylar o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berildi. Etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun CSKA-2 jamoasiga ijaraga berildi. 



Mahorati va tajribasini oshirib borayotgan Abduraimov 1987 yilda Birodar Abduraimov murabbiyligidagi “Paxtakor” jamoasi safiga kelib qo'shiladi. Faoliyatining yulduzli onlarini boshidan kechirayotgan futbolchi jamoada to'rt yil davomida to'p tepdi va 100dan ortiq uchrashuvda 30dan oshiq gollar urdi. Bosh murabbiy Fyodor Novikov bilan kelisha olmagach 1991 yil yana “Spartak”ka qaytgan hujumchi Rossiya Oliy Ligasida bir nechta o'yin o'tkazdi. Zaxira o'rindig'iga o'tirib qolgach klub rahbarlaridan o'zini “Pomir”ga qo'yib yuborishlarini so'radi. 1992 yilda aksariyat jamoadoshlari Segrey Novikov va Boris Kuznecovlar bilan Bangladesh chempionati qatnashchisi “Mohammedan” jamoasiga yo'l oladi. U erda 11ta uchrashuvda 17ta gol urib chempionat to'purari va rekordchisiga aylanadi. Mana hozirgacha Azamat Abduraimov o'rnatgan rekord yangilanmay kelinmoqda. 



Orada qisqa muddat “Navbahor” va MHSKda o'ynagacha Malayziyaning “Paxang” klubiga ko'chib o'tadi. U erda ham ko'plab gollarni o'z hisobiga yozdirib qo'yadi va 28 o'yinda 17ta gol natijasini qayd etadi. Abduraimov u erdagi faoliyatini davom ettirishni istamaydi va Saudiya Arabistonining “Al Vahda” klubi taklifini qabul qiladi. 1996-1999 yillar oralig'ida qadrdon jamoasi “Paxtakor”da ajoyib mavsumlarni o'tkazdi. Mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Uning faoliyatidagi so'ngi jamoasi Toshkent viloyatining “Do'stlik” klubi bo'ldi. Murabbiylik faoliyatini birinchi liganing NBU-Osiyo klubida boshladi. Biroq, tajribasizligi pand berdi. 



So'ng futzalda ham o'zini sinab ko'rishga erishdi va O'zbekiston futzal terma jamoasi, “Ardus” jamoalarida faoliyat yuritdi. 2004 yilda malakasini oshirish maqsadida Leverkuzenning “Bayer” jamoasida amaliyot o'tadi va ko'nikmalarini mustahkamlab bordi. 2008 yilda qudratli bo'lib borayotgan “Bunyodkor” jamoasida bosh direktor lavozimida ishladi. 2009-2010 yillarda Samarqandning “Dinamo” jamoasini boshqardi va bir qator futbolchilarni kashf qildi. Uning “Andijon” jamoasida faoliyati samarali chiqdi deyishimiz mumkin. 2012 yilda jamoaga tayinlangach mahalliy futbolchilar bilan birgalikda klubni Oliy Ligaga olib chiqdi. 2018 yilda o'smirlar terma jamoasini qo'liga olgan Abduraimov Osiyo chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashib musobaqa final bosqichiga etakladi.



O'zbekiston terma jamoasida 1992 yilda debyut qilgan forvard 21 uchrashuvda 11ta to'p kiritishni uddasidan chiqdi. Ayniqsa, 1994 yil Xirosimadagi Osiyo o'yinlari yarim finalida Janubiy Koreya darvozasiga olis masofadan urgan goli oltinga teng va tarixiy gol bo'lib qoldi. Mana necha yildirki rasmiy turnirlarda bu yurt vakillarini mag'lub etishni iloji bo'lmayapti.

Saytimiz ijodkorlari nomidan Azamat Abduraimovga sog'lik salomatlik, keyingi murabbiylik faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика