So’nggi yangiliklar

13:00Сеҳргарлик, ғаройиб можаролар ва буюк камбэк. Африка Миллатлар кубоги ҳақида 10 та ғайриоддий факт  0 12:56"Пахтакор" ижарадаги икки футболчисини ортга қайтаради  1 12:47Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" ўйини бошқа стадионда ўтказилади  1 12:30"Локомотив" беларуслик хавбекка кўз тикди  3 12:12TVCOM'да бугунги тақвим: Италия Суперкубоги финали, Элит ОЧЛ ва бошқалар  1 12:01Ўзбекистон МТЖ январь ойида қаерда йиғин ўтказади?  2 11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  2 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  2 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  2 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  5 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8

Azamat Abduraimov: "Nasaf" barqaror, "Andijon" bu mavsum o'zini topa olmayapti, ammo – bu Superkubok!" Yangiliklar

Azamat Abduraimov: "Nasaf" barqaror, "Andijon" bu mavsum o'zini topa olmayapti, ammo – bu Superkubok!"

O'zbekiston Superkubogi uchrashuvidan avval tajribali futbol mutaxassisi Azamat Abduraimov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu yilgi Superkubok yana bir jihatdan ahamiyatliki, unda ilk bor tarixiy yutuqqa erishgan jamoalar to'qnash keladi. "Nasaf" o'tgan mavsum o'z tarixida birinchi marta mamlakat chempioni bo'ldi, "Andijon" esa ilk bor O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritdi. Bu yutuqlar har ikki jamoa uchun juda katta ahamiyatga ega va shu sababdan har ikkisi ham Superkubokni qo'lga kiritish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi deb ishonch bilan aytsa bo'ladi.

Shu bilan birga, jamoalar ushbu uchrashuvga turlicha kayfiyatda etib keldi. Chempion sifatida "Nasaf" yangi mavsumni yuqori saviyada boshladi va hozirda turnir jadvali peshqadami hisoblanadi. Jamoa barqaror va mazmunli o'yin ko'rsatmoqda.

"Andijon" esa aksincha, bu mavsumda o'zini topa olmayapti. Jamoa turnir jadvalining quyi qismida joylashgan, chempionatda o'yini o'xshamayotgani etmagandek, Kubokdan ham erta chiqib ketdi. Bu natijalardan so'ng murabbiy almashinuvi ro'y berdi – Aleksandr Xomyakov o'rniga Maksim Shackix bosh murabbiylikka tayinlandi. Tabiiyki, bu holatda "Nasaf"ning imkoniyatlari yuqoriroq ko'rinadi.

Biroq Superkubok – bu faqat bir uchrashuv. Kubok ruhiga xos holat shundaki, autsayder deb baholangan jamoa ham g'alaba qozonishi mumkin. Shu bois qiziqarli va dramatik to'qnashuvni kutish mumkin", – deydi Azamat Abduraimov.

Eslatib o'tamiz, "Nasaf" va "Andijon" o'rtasidagi Superkubok uchrashuvi ertaga, 27 may kuni o'tkaziladi. O'yinga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика