O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Kannavaroni terma jamoasi ustozi bo'lgani haqida fikr bildirdi
07 okt 2025 07:45
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Kannavaroni terma jamoasi ustozi bo'lgani haqida fikr bildirdi
O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov Fabio Kannavaroni terma jamoamiz ustozi bo'lgani haqida fikr bildirdi.
"Men uchun Kannavaro qanday murabbiy ekanligini aytish qiyin, chunki men uning ishini kuzatib bormayman va muvaffaqiyatlari haqida bilmayman. Lekin haqiqat shundaki, u juda yaxshi va kuchli futbolchi edi. Nima bo'lganda ham Fabio O'zbekiston terma jamoasiga ko'p narsa keltira oladigan inson. Menimcha, bu — O'zbekiston milliy jamoasi uchun juda muhim kelishuv. Murabbiy o'zgarishiga qandaydir sabablar bo'lsa kerak", - deb fikr bildirgan Kechinov.
Malumot uchun, Kechinov O'zbekiston MTJ safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar