So’nggi yangiliklar

17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  0 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  0 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  4 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  0 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  3 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  3 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  7 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  0 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0 14:45Энрике Доннарумма ҳақида: "Жижжо яхши инсон эканини ҳамма билади. Мусиалага тезроқ соғайишини тилаймиз"  3 14:32"Андижон"га польшалик ҳимоячи келмоқда  8 14:15"Интер" Чалханоглу учун 30 миллион евро сўраяпти, аммо клуб ярим ҳимоячини сақлаб қолмоқчи  3 14:04Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди  2 13:45Родриго "Ал Насср"га ўтаётгани ҳақиқатми?  2 13:15Биринчи давра таҳлили: Суперлигада ким энг самарали дарвозабон бўлди?  3

O'yinoldi matbuot anjumani. Falastin bosh murabbiyi: "Iyul oyidan beri saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rdik" Yangiliklar

O'yinoldi matbuot anjumani. Falastin bosh murabbiyi: "Iyul oyidan beri saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rdik"

Falastin - O'zbekiston o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Nuriddin Ould Ali va Solih CHixadex ishtirok etdi.

- Bizni ertaga muhim bahs kutyapti. Ertaga bo'lib o'tadigan o'yin bilan jahon chempionati saraplash bosqichi ikkinchi raund bahslariga start beriladi. Ertangi bellashuvda ijobiy natija ko'rsatib o'z muxolislarimizni xursand qilishga harkkat qilamiz, - deydi Nuriddin Ould Ali.

- Ertangi o'yin biz uchun muhim, chunki birinchi bellashuvda ijobiy natija qayd etishni xohlaymiz. Lekin mobodo natija o'xshamay qolsa, bundan xafa bo'lish kerak emas, chunki oldimizda yana 7ta o'yin kutib turgan bo'ladi. Ammo baribir har bir bahsda o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz, - dedi Solih CHixadex.

- Ertangi bahslga tayyorgarlik qay tarzda olib borildi?

- Biz iyul oyidan beri saralash bahslariga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Faqat ertangi bahsni ko'zlab hozirlik ko'rganimiz yo'q, balki xayolimizda saralashning butun cikli turibdi. Ertangi uchrashuv esa qay darajada hozirlik ko'rganimizning ilk mevasi bo'ladi.



- Qo'l ostingizda kuchli futbolchilar jam bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Tarkibimizda 15 nafar mahalliy yaxshi futbolchilar yig'ilgan, shuningdek olti nafar legioner bor. Barcha ftubolchilarni kuchli va terma jamoaga mos deya olaman. Men uchun muhimi futbolchilarning terma jamoaga kelgandan keyin qanday o'yin ko'rsatishi va ko'rsatmalarni qay darajada bajarishi.

Futbolchiga savol: O'zbekiston terma jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlari nimada va ertangi o'yindan qanday natija kutyapsiz?

Solih CHixadex: - Raqibning kuchli ekanini bilamiz, lekin bu jamoadan cho'chiyotganimiz yo'q. Ertaga o'yinda maydonga tushib o'zimizning bor kuchimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.



- Malum bo'lishicha, uch nafar falastinlik futbolchi SHveciya chempionatida o'ynaydi. Lekin ularni yig'inga taklif qilmagansiz. Bu nima bilan bog'liq? (championat.asia savoli)
- Aytib o'tganimdek, biz olti nafar xorijda to'p tepayotgan futbolchini terma jamoaga taklif etdik va ularning harakatidan ko'nglim to'q. Endi har bir murabbiyning o'z qarori bo'ladi. Men kimni kuchli deb hisoblagan bo'lsam, shularni chaqirdim.


Tolibjon Qosimov, Ramalloh shahridan maxsus

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика