So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  3 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  3 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

O'yinoldi matbuot anjumani. Ektor Kuper: "Jahon chempionatiga chiqishning hech qanday siri yo'q" Yangiliklar

O'yinoldi matbuot anjumani. Ektor Kuper: "Jahon chempionatiga chiqishning hech qanday siri yo'q"

Falastin - O'zbekiston o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida Ektor Kuper va Farruh Sayfiev ishtirok etdi.

- Birinchi o'yin har doim muhim. Biz startni ijobiy boshlashga harakat qilamiz. Bu erga uch ochkoni qo'lga kiritish maqsadida kelganmiz. O'ylaymanki, bo'lajak uchrashuvga etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik. Barcha raqiblarni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerak, biz har bir bahsda faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz. Ertaga eng avvalo o'z o'yinimizni o'ylagan holda harakat qilamiz, - dedi Ektor Kuper.

"Biz Falastinning oxirgi o'yinlarini ko'rdik va bu jamoa yaxshi taasurot qoldirdi. Lekin ertaga faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz", - dedi Farruh Sayfiev.




- Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Eng avvalo ishonch bo'lishi kerak va mana shu ishonch bizda bor. Eng asosiysi bizda maqsad bor. O'zbekiston terma jamoasi shu paytgacha jahon chempionatiga chiqmgan. Nega endi bu safar ham chiqmasligi kerak? Biz harakat qilsak albatta maqsadga erishamiz. Futbolda hamma narsaning imkoniyati bor.



- Falastinni aynan qaysi jihatlar bo'yicha kuchli deb hisoblaysiz?

Farruh Sayfiev: - Falastin terma jamoasining oxirgi o'yinlarini ko'rib shunday tasavvurga bordik. Bu jamoa G'arbiy Osiyo chempionatida Suriyani 4:3 hisobida mag'lub etdi, Livan bilan ham juda yaxshi o'yin o'tkazdi. SHuningdek, Falastin Osiyo Kubogida o'zini ko'rsatishga harakat qildi. Garchi Avstraliya bilan kechgan bahsda yirik 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, o'yin tomonlama yaxshi taassurot qoldirgandi.



- O'zbekiston terma jamoasi avvalgi safar jahon chempionatiga chiqishiga oz qolgandi. Nima deb o'ylaysiz, qanday xatolar yuzaga keldig'yu va endi o'sha xatolarni to'rilash uchun nima qilmoqchisiz? (falastinlik muxbir savoli)
- Bilasizmi, avvalgi saralashdagi xatolar haqida gapiradigan bo'lsam, bu mendan oldin terma jamoani boshqargan murabbiga nisbatan hurmastiizlik bo'ladi. Men hech kimning xatolari haqida gapirmayman, faqat o'z ishimni muhoakama qilaman. Jahon chempionatiga chiqishning hech qanday siri yo'q, bunga faqat mehnat orqali erishsa bo'ladi. Biz har tomonlama ishlashimiz kerak. SHuningdek, raqiblarni hurmat qilgan hammaning kuchiga munosib baho berish kerak.




Tolibjon Qosimov, Ramalloh shahridan maxsus


Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика