So’nggi yangiliklar

12:17"Тоттенхэм" медиа олами вакилларидан уларни "Тоттенхэм Хотспур" ёки "шпорлар" деб аташини сўради  1 10:57Баҳодир Қурбонов: "Биринчи қадамни футболни рақамлаштиришдан бошлаймиз"  4 10:50Футбол тарихидаги энг яхши ўнг қанот ҳимоячилар рейтинги тузилди (Топ-15)  17 10:21Расман: Баҳодир Қурбонов — Ўзбекистон футбол Ассоциацияси янги президенти  12 10:18«Нефтчи» мухлисларга қулайлик яратиш учун йиллик абонемент сотувини бошлади  7 09:50Гвардиола ҳимоячиларининг жароҳати ҳақида фикр билдирди  7 09:13Ислом Исмоилов: «Мақсадимиз ҳар бир футболчимизни Осиё кубогига оптимал ҳолатда тайёрлаш»  4 08:46Довбикнинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  7 08:18Саудия клублардан бири Винисиус Жуниор трансфери бўйича аниқ сумма таклиф қилди  14 07:55«Челси» А Серия футболчиси учун 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 07:29АПЛ. 26-турнинг илк баҳсида йирик ҳисоб қайд этилди  1 01:30"Goal" ЕЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  13 00:45Салоҳ ўзини Холанд билан солиштирди  11 00:15Саудия Арабистони. Вийналдумнинг дубли "Ал Насср"ни мағлуб қилди  31 23:45ЕЧЛ. Нимчорак финал тақвими маълум қилинди  8

Otabek Narzullaev: "So'g'diyona" OFK Kubogi g'olibi bo'lishini istayman" Yangiliklar

Otabek Narzullaev: "So'g'diyona" OFK Kubogi g'olibi bo'lishini istayman"

Coca Cola O'zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida "So'g'diyona"ga qarshi bahsdan keyin "Mashal" yordamchi murabbiyi Otabek Narzullaev o'z fikrlarini bildirdi.

- "So'g'diyona" jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilardik. Ularning bo'sh tomonlaridan foydalanishga harakat qildik. Ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Bahsda yoshlarimizga ham imkoniyat berdik. Umid qilamanki, ular ushbu o'yinda yo'lga qo'ygan xatolari ustida ishlashda davom etishadi. Bizda jarohatlar bor edi. 28 avgust kuni "Turon"ga qarshi o'yinimiz bor. Aynan shu o'yin orqali "Turon"ga qarshi bahsga tayyorlandik. "So'g'diyona" o'yin bobida ham, muhim borasida ham bizdan kuchli ekanligini bilib turdik. Ularning kuchli ekanligini yaxshi bilardik. Birinchi bo'limda raqibga imkoniyat ham berdik, o'zimiz ham bunga ega bo'lib, gol ura olmadik.

- "So'g'diyona"ning OFK Kubogidagi o'yinlarini tomosha qildingizmi?

- Ha, jamoaning so'nggi barcha o'yinlarini ko'rdik. Raqibni ancha vaqt taxlil qildik. O'z xatolarimiz sababli bugun mag'lub bo'ldik. "So'g'diyona"ga OFK Kubogidagi navbatdagi o'yinlarda omad tilaymiz. Ular yaqinda O'zbekiston nomidan Gonkong klubi bilan o'ynashadi. "So'g'diyona"ning OFK Kubogi g'olibi bo'lishini istaymiz. Bu o'yin orqali biz kuchlilar safiga qaytishni istaymiz. "So'g'diyona" bilan o'yinni taxlil qilib, xatolar ustida ishlaymiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика