So’nggi yangiliklar

17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  0 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3

Pedro Moreyra: "Bu natija biz uchun keyingi o'yinlarga yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi. Xolmatov va Bo'rievni bir muddatga yo'qotdik" Yangiliklar

Pedro Moreyra: "Bu natija biz uchun keyingi o'yinlarga yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi. Xolmatov va Bo'rievni bir muddatga yo'qotdik"

Superliganing qoldirilgan 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Mashal" (5:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Pedro Moreyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Oxirgi natijalardan so'ng biz o'z o'yinimizni jonlantirishga urg'u qaratdik. Maqsad maydonda raqibga qiyinchiliklar tug'dirishga qaratilgan edi. Futbolchilar bugun ko'rsatmalarni alo darajada bajarishdi. Agressiv va hujumkor futbol o'ynadik. Pressing va hujumlarda sifatli o'ynashga urindik. Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman. Bu natija biz uchun keyingi o'yinlarga yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi. 

- Yirik hisobdagi g'alaba raqib fonida qo'lga kiritildi desak bo'ladimi? Ko'proq futbolchilarning mahorati va tajribasi ushbu natijaga sabab bo'ldimi?

- Oldingi o'yinlarda ham yomon o'ynamaganmiz. Gollar qarshi hujumlar natijasida darvozamizga kiritilgan. Bitta golimiz ham bekor bo'lgandi. Raqiblar o'z imkoniyatlaridan unumli foydalandik. Bugun vaziyatlardan unumli foydalanishga harakat qildik. Bizda jarohat olgan futbolchilar bo'ldi. O'yinni ko'ra olishimiz kerak. Vaqt masalasida ham unumli ishlash kerak. Bugun biz avvalgi o'yinlardan ko'ra ko'proq futbol o'ynadik. Diyor Xolmatov va Abdurauf Bo'rievlarni malum muddatga yo'qotdik.

- Jamoa o'yin uslubi vaqt o'tgani sayin o'zgarishi mumkinmi?

- Menga o'zbek futboli yoqdi. Shu erda ekanimdan xursandman. Har doim bir xil o'ynaymiz. Bo'sh xududlardan unumli foydalanishga harakat qilamiz. O'yin uslubimiz raqibdan kelib chiqadi. Biz maydonda o'z o'yinimizni o'ynashga harakat qilamiz. Bugun yigitlar fantastik o'yin ko'rsatishdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика