Asror Aliqulov: "Bugun avvalgi o'yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik"
02 apr 23:52
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Bugun avvalgi o'yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik"
O'yin haqida
- Birinchi navbatda "Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklaymiz. Qoldirilgan o'yin bo'lsa ham bu aslida mavsum starti edi. Muxlislardan bugungi natija uchun uzr so'raymiz. Kamchiliklarimiz ko'rinib qoldi. Ko'p jihatlar bo'yicha "Paxtakor"ga yutqazdik.
- Bazi jamoalar "Paxtakor"dan hayiqib maydonga tushishadi. Bugun ruhiy ustunlik mezbonlarga ustunlik berdimi?
- To'g'ri aytayapsiz, bu ruhiyat bilan bog'liq. Birinchi o'yinimizda ham hayajon sezilgandi. Bugun avvalgi o'yindan farqli tarzda ruhiy tomonlama yutqazdik. Ayrim futbolchilarga tajriba etishmadi.
- Salifuni erta almashtirilishiga sabab nima? U qanchalik mavsumga tayyor?
- Salifuda jismoniy tomonlama muammolar bor. Bugun mezbonlarning tezkor futbolchilarini yopishda ulgurmay qoldi. Shuningdek, unda jarohat ham bor edi.
- Keyingi o'yin jamoaning ruhiy bosimdan olib chiqib ketish uchun qandvy ishlarni amalga oshirmoqchisiz?
- Ko'rib chiqib, xulosalar qilamiz. Keyingi o'yin "Andijon" bilan, ularga to'liq qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz. Bugun ko'p futbolchilarimizda o'yinga ruhan tayyor emasligi ko'rinib qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar