So’nggi yangiliklar

20:52Қодирқулов ва Абдурасулов "Динамо"да, "Пахтакор" футболчиси "Андижон"да ва бошқа трансферлар  0 20:31FIFPro йил рамзий терма жамоаси эълон қилинди  1 19:55Владимир Йовович — "Нефтчи" футболчиси!  6 19:40Испания Кубоги кейинги босқичига қуръа ташланди. "Реал", "Барселона" ва "Атлетико" рақибларини билиб олишди!  2 19:20Расман: Аброр Исмоилов — "Нефтчи" футболчиси!  11 18:55Суперлигага ўтиш ўйини! "Олимпик" - "Металлург" 1:2 HIGHLIGHTS  0 18:47"Интер Майами"дагилар Месси янги шартнома имзолашига ишонишмоқда  1 18:26Илёс Қурбонов: "Аввал айтганимдек, "Металлург" Суперлигадан тушиб кетмаслиги керак эди"  9 17:26"Реал" "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисига кўз тиккан  2 17:00Ўтиш ўйини: "Металлург" 2025 йил Суперлигада ўйнайди. Хайр, "Олимпик"!  36 16:36Энцо Мареска: "Йўқ, "Ливерпуль", "Арсенал" ва "Ман Сити" Кукурельяга ўхшаб йиқилмаса керак"  6 16:12"Ливерпуль" келажакда Эндрю Робертсоннинг ўрнини боса оладиган футболчи изламоқда  2 15:4736 ёшли Марсело Ла Лигага қайтиши мумкин  0 15:21"Ювентус" Виктор Осимхенни ўз таркибида кўрмоқчи   4 13:42"Милан" Тео Эрнандесни сотиб юбориш ниятида  7

Osiyoning barcha eng yaxshi yosh futbolchisini bilasizmi, ular orasida o'zbekistonlik o'yinchi ham bor Yangiliklar

Osiyoning barcha eng yaxshi yosh futbolchisini bilasizmi, ular orasida o'zbekistonlik o'yinchi ham bor

Mukofot sohiblarining taqdiri qanday kechdi?

Bir necha kun ilgari Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) 2023 yilning eng yaxshilarini aniqlash bo'yicha nomzodlar ro'yxatini elon qildi. 

SHu jumladan, eng yaxshi yosh futbolchi bo'lishga davogarlar orasidan o'zbekistonlik yarim himoyachi Abbos Fayzullaev o'rin olgan. CSKA sharafini himoya qilayotgan 21 yoshli futbolchidan tashqari sovrin urush yaponiyalik Gaku Navata ("Kamimura Gakuen") va janubiy koreyalik Be Jun Ho ("Stok Siti") kurash olib boradi.

Taqdirlash marosimi 29 oktyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida o'tkaziladi.

Marosim oldidan shu kunga qadar yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deya tan olingan futbolchilarni yodga olamiz. Ular orasida hozirda ham faoliyatini davom ettirayotgan o'zbekistonlik futbolchi bor.

Mazkur sovrin ilk marotaba 1995 yil tasis etilgan bo'lib, g'olib 2007 yilga qadar erkaklar va ayollar o'rtasida umumiy tarzda aniqlangan. Faqatgina bir marotaba ayol nomzod g'olib deb topilgan 2008 yildan boshlab erkaklar va ayollarga alohida-alohida sovrinlar topshirilmoqda.


1995 yil — Muhammad Al Katiri (O'mon)

Katiri 1995 yil 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, mundialning eng yaxshisi futbolchisiga atalgan "Oltin to'p"ni va "Kumush butsa"ni qo'lga kiritgan. O'mon esa musobaqada 4-o'rinni egallagan.

Turnirdan so'ng unga ko'plab Evropa jamoalari qiziqish bildirgandi, biroq bu takliflarning hech biri amalda o'z isbotini topmadi. O'z davrining afsonasi bo'lishi kutilgan Katirining omad chirog'i esa erta so'ndi, mahalliy "Al Nasr", "Mirbat" klublarda o'ynagan futbolchi butsalarini erta mixga ildi.

1996 yil — Bamrung Bunprom (Tailand)

Bunprom o'z mamlakati mezbonlik qilgan U-16 Osiyo chempionatida kumush medalini qo'lga kiritgan va Misrda o'tkaziladigan jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgan. U Tailand futbolining yangi qahramoni sifatida etirof etilgandi, biroq keyinchalik u ham "g'oyib bo'ldi". Hatto terma jamoaga ham chaqirilmadi. Bazi mahalliy futbol ishqibozlarining aytishicha, u o'z vaqtida yoshini suniy ravishda kichraytirgan.

1997 yil — Mehdi Mahdavikiya (Eron)

Eronlik o'ng qanot o'yinchisi yuqoridagilardan farqli ravishda o'z titulini oqladi va rivojlanishda davom etdi. Eng yaxshi yosh futbolchi deya etirof etilganidan keyingi yo'l Germaniyaga yo'l oldi va dastlab "Boxum", so'ngra "Hamburg" azosiga aylandi. "Hamburg"da u eng muhim figuralardan biri bo'ldi. Muxlislar talqiniga ko'ra, ketma-ket ikki mavsum jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Eron tarkibida esa bir yildan so'ng asosiy jamoa bilan Franciyadagi jahon chempionatiga yo'l oldi. 2003 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoni bilan taqdirlandi. 2004 yil Osiyo kubogi ramziy jamoasidan o'rin oldi. U to'rtta Osiyo kubogi va ikkita jahon chempionatida ishtirok etdi. Murabbiylik faoliyatida esa Eron yoshlar terma jamoasini boshqargan.

1998 yil — SHinji Ono (Yaponiya)

Ono ham kelajagi porloq ekanligini amalda isbotladi. Sovrinni qo'lga kiritgan yili Yaponiya terma jamoasi tarkibida debyutini o'tkazdi, shuningdek, o'sha yili Franciyadagi jahon chempionatida ishtirok etdi. 1999 yil Nigeriyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida esa jamoa sardori sifatida "sauraylar" bilan finalga qadar etib bordi. 2002 yilgi mundialda esa asosiy jamoaning muhim figuralaridan biriga aylandi. SHuningdek, 2004 yilgi Afina Olimpiadasi va 2006 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etdi. Klub miqyosida esa Niderlandiyaning "Feyenoord"i bilan UEFA kubogida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. 2023 yil, 44 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Ono universal yarim himoyachi bo'lib, istalgan nuqtada samarali harakatlana olardi.

1999 yil — Valid Hamza (Qatar)

Asli pokistonlik bo'lgan futbolchi 1999 yil Yangi Zelandiyada o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi (U-17) jahon chempionatida ishtirok etib, yakunda turnirning ramziy jamoasidan o'rin egallagan. Biroq uning keyingi faoliyati maqtanarli bo'lmadi. Hujumchi faoliyati davomida mahalliy to'rt klub sharafini himoya qilib, 217 o'yinda 44 ta gol urdi. Hamza klub miqyosida birorta kubok yoki chempionat titulini qo'lga kirita olmadi.

2000 yil — Riochi Maeda (Yaponiya)

Bolaligi AQSHda o'tgan hujumchi maktabni tamomlagach, "Jubilo Ivata" safiga qo'shildi. U 2000 yil yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Yaponiya bilan finalga qadar etib bordi. Terma jamoasi safida esa 2007 yil debyut qildi. 2011 yilgi Osiyo kubogida esa bosh sovrinni qo'lga kiritishda o'z hissasini qo'shdi. SHuningdek, 2013 yil Konfederaciyalar kubogida qatnashdi. Klubdagi faoliyati esa "Jubilo Ivata" va "Tokio" bilan cheklanib qoldi. SHunga qaramay, hujumchi 2009 va 2010 yillarda Yaponiya chempionati to'purariga aylandi.

2001 yil — Du Vey (Xitoy)

Markaziy himoyachi yoshlar terma jamoasi sardori sifatida jahon chempionatida nimchorak finalga qadar etib bordi. Veyning turnir davomidagi o'yinlari unga qitaning eng yaxshi futbolchisi imkonini berdi. 2002 yil esa asosiy jamoa bilan jahon chempionatida ishtirok etdi. Biroq jarohat tufayli 2004 yilgi Osiyo kubogidan chetda qoldi. SHunga qaramay, navbatdagi qita musobaqasiga chaqirildi. Uning klubdagi faoliyati mahalliy klublar bilan bog'liq. Veyni SHotlandiyaning "Seltik" klubi himoyachini bir muddat ijaraga oldi, biroq o'yinidan qoniqmagach, ortga qaytarib yubordi.

2002 yil — Li CHun Su (Janubiy Koreya)

Li 2002 yil debyut mavsumidayoq Koreya chempionatida 18 o'yinda 7 gol va 9 assist qayd etib, super natija ko'rsatdi. 2002 yilgi jahon chempionatida milliy terma jamoa bilan yarim finalga qadar etib bordi, shu jumladan, Germaniyaga qarshi yarim final uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi. 2006 yilgi mundialda esa mutlaq asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Klubdagi faoliyati davomida esa hujumchi mahalliy jamoalardan tashqari "Real Sosedad", "Numansiya", "Feyenoord", "Al Nassr" kabi taniqli klublar sharafini himoya qildi.

2003 yil — Yosito Okubo (Yaponiya)

Yosito 2003 yil Yaponiya chempionatida 15 dan ortiq gol urdi va milliy terma jamoada debyut qildi, bu esa unga sovrin yutishga yordam berdi. Biroq terma jamoadagi omadi kechroq yurishdi va 2010 va 2014 yilgi jahon chempionatlarida ishtirok etdi. Klub miqyosida esa mahalliy jamoalardan tashqari Ispaniyaning "Malorka" va Germaniyaning "Volfsburg" klublarida bir muddat to'p tepdi, biroq u erdagi ishlari unchalik yurishmadi.

2004 yil — Pak CHu Yon (Janubiy Koreya)

Pak CHu Yon 2004 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogida chempion bo'ldi. Qolaversa, 6 ta gol bilan to'purarlar peshqadamiga aylanib, turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Keyinchalik milliy terma jamoa tarkibida 2010 va 2014 yilgi jahon chempionatlarida, shuningdek, Osiyo o'yinlari va Olimpiadada ishtirok etdi. Klublardagi faoliyati ham yomon o'tmadi. Hatto uni "Arsenal" o'z safiga qo'shib olgandi, biroq "kanonirlar" safida uzoq muddat o'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Hozirda forvard "Ulsan Xyonde" klubida faoliyat yuritadi.

2005 yil — CHoe Myon Ho (SHimoliy Koreya)

CHoe U-17 jahon chempionatidagi ajoyib o'yini (4 o'yinda 3 ta gol urgan), jumladan, Kot-d'Ivuarga qarshi bahsdagi dubli uning etirof etilishiga sabab bo'ldi. SHundan so'ng Rossiyaning "Krilya Sovetov" jamoasi safiga qo'shilgan hujumchi ikki mavsumdan so'ng o'z vataniga qaytdi. Milliy terma jamoasi safida u 12 o'yinda 2 ta gol urdi.

2006 yil — Ma SHiashu (Xitoy)

Tarixda ilk va yagona marotaba ayol futbolchi erkaklardan ustun keldi hamda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. SHiashu keyinchalik milliy terma jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi va 152 o'yinda 61 ta gol urdi.

2007 yil — Kim Kum Il (SHimoliy Koreya)

Kim 2006 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'olib chiqdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bir yildan so'ng yoshlar o'rtasidagi mundialda jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi va CHexiyaga qarshi o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Milliy terma jamoada ko'p o'yin o'tkazmagan hujumchi yagona golini 2007 yil O'zbekiston darvozasiga urgan.

2008 yil — Ahmad Xalil (Birlashgan Arab Amirliklari)

SHu yildan boshlab eng yaxshi yosh futbolchi erkaklar va ayollar o'rtasida alohida aniqlanadigan bo'ldi. Ahmad Xalil 17 yoshidayoq "SHabab Al Ahli"ning asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylandi. 2008 yil u BAA Pro ligasida, yoshlar terma jamoasi bilan esa Osiyo chempionatida g'olib chiqdi. Qita chempionatida 4 ta gol urgan Xalil turnirning eng yaxshi futbolchisi va to'purari deb topildi. Kelgusi yil U-20 jahon chempionatida chorak finalga qadar etib bordi. London Olimpiadasi saralash bosqichida Toshkentda dubl qayd etgan hujumchini o'zbekistonlik muxlislar yodidan chiqarishmagan bo'lsa kerak. 2015 yil BAA bilan Osiyo Kubogida uchinchi o'rinni egallagan va "Al Ahli" bilan Osiyo CHempionlar ligasi finaliga qadar etib borgan Xalil qitaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Biroq uning klubdagi faoliyati mahalliy klublar bilan cheklanib qoldi. Hozirda u "Al Bataix" sharafini himoya qilmoqda.

2009 yil — Ki Sun Yon (Janubiy Koreya)

Ki Sun Yon 19 yoshida terma jamoada debyut qildi. SHu bilan birga, "Seul" klubining asosiy tarkib vakillaridan biriga aylandi. Ishonchli harakatlari "Seltik" skautlarining nazariga tushdi va u SHotlandiyaga yo'l oldi. Keyinchalik Britaniyaning "Suonsi", "Sanderlend", "Nyukasl Yunayted", Ispaniyaning "Malorka" kabi taniqli Evropa klublarida to'p tepgan yarim himoyachi 2020 yil "Seul"ga qaytdi. Milliy terma jamoa safida ham u etakchilardan biriga aylandi. "Yo'lbarslar" tarkibida Olimpiya o'yinlari, jahon chempionati va Osiyo kubogida muntazam maydonda harakat qildi. Rossiyadagi mundialda u terma jamoa sardori sifatida o'ynadi.

2010 yil — Jon Il Gvan (SHimoliy Koreya)

Gvan yillar o'tib, SHimoliy Koreya tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. U 82 o'yinda 31 marotaba raqiblari darvozasini ishg'ol qildi. Hujumchiga bir vaqtlar "Nyuksasl", "Partizan" va PSV klublaridan jiddiy takliflar bo'lgan, biroq negadir transferlar amalga oshmagan va u u mamlakat chempionatida faoliyatini davom ettirgan. 2019 yil milliy terma jamoa sardori sifatida Osiyo kubogida ishtirok etdi. 2024 yilning sentyabr oyida esa jahon chempionati saralash bosqichida doirasida O'zbekistonga qarshi bahsning 81-daqiqasida maydonga tushdi.

2011 yil — Hideki Isige (Yaponiya)

Aslida mazkur sovrinni Meksikadagi jahon chempionati chorak finaliga qadar etib borgan o'zbekistonlik futbolchilardan biri olishi kutilgandi, biroq yil so'ngida mukofot yana bir chorak finalchi — Yaponiya vingeriga nasib etdi. Isige mundialda 4 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biroq uning karerasi keyinchalik yuqoriga o'sishdan to'xtadi. Uning gulday umri o'rtamiyona klublarda ijarada o'tdi. Terma jamoa miqyosida ham chaqiruv olmadi.

2012 yil — Muhammad Abdulrahim (Iroq)

Abdulrahim 2012 yil yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida finalga qadar etib borgan, hatto finalda to'p kiritgan, biroq uning jamoasi penaltilar seriyasida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy bergan. Uning turnirdagi xatti-harakatlari eng yaxshi yosh futbolchi deb topilishiga zamin yaratdi. O'sha yillari arab nashrlarida uning yoshi 4 yoshga kichraytirilgani haqida xabarlar paydo bo'lgan. Keyinchalik u Iroq milliy terma jamoa azosiga aylandi, hatto Rio Olimpiadasida ishtirok etdi. Klublar miqyosida esa, asosan, mahalliy ligadan chetga chiqmadi. Ayni damda u "Al Mino" jamoasi sharafini himoya qiladi.

2013 yil — Ali Adnan Kadhim (Iroq)

Futbol ishqibozlari Adnanning hayratlanarli o'yinlariga 2013 yil Turkiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida guvoh bo'lishdi. Iroqliklar o'shanda yarim finalga qadar etib borgan va dunyoning eng kuchli to'rt jamoasi qatoridan o'rin olgan. Uning turnir davomidagi xatti-harakatlari evropalik skautlarning etiborini tortdi. Biroq u oxir-oqibat Turkiyaning "Rizespor" klubini tanladi. Keyinchalik chap qanot himoyachisi Italiyaning "Udineze" va "Atalanta" klublarida to'p tepdi. Terma jamoasi safida esa 100 ga yaqin o'yin o'tkazdi. Hozirda u Saudiya Arabistonining "Al Najma" jamoasi sharafini himoya qiladi.

2014 yil — Ahmad Muin (Qatar)

"Aspire" akademiyasi tarbiyalanuvchisi 2014 yil Qatar bilan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempioniga aylandi. Muin turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu esa yil yakunida qitaning ham eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishiga yo'l ochib berdi. "Al Jaish" tayanch yarim himoyachisi bir muddat Belgiyaning "Eypen" klubiga yo'l oldi, biroq u erda o'z o'rnini topa olmadi. Ispaniyaning "Leonesa" jamoasida ham shu holat takrorlandi. Hozirda u mahalliy "Al Arabi" jamoasida to'p tepadi. Muin milliy terma jamoada 6 ta o'yinda maydonga tushgan.

2015 yil — Doston Hamdamov (O'zbekiston)

Hamdamov 2015 yil 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionatida jamoasi bilan birga chorak finalga qadar etib bordi, shu jumladan, Avstriyaga qarshi nimchorak finalda dubl qayd etib, muhim g'alabani taqdim etdi. Turnir davomida esa 3 ta to'p kiritgan "Bunyodkor" vingeri yil yakunida qitaning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Undan tashqari bu sovringa Zabihillo O'rinboev va Eldor SHomurodov ham davogarlik qilgandi. "Qaldirg'ochlar" safida to'rt mavsum o'ynagan Hamdamov bir muddat Maxachqalaning "Anji" jamoasida harakat qildi. SHuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida ham ko'rinish bergan futbolchi hozirda "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. Terma jamoaning turli yosh toifalarida harakat qilgan Hamdamov milliy terma jamoaga ancha vaqtdan beri chaqiruv olmayapti.

2016 yil — Ricu Doan (Yaponiya)

Doan 2016 yil yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritish bilan bir qatorda turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Keyingi yil Niderlandiyaning "Groningen" klubiga qo'shildi. 2019 yil esa PSV azosiga aylandi. Hozirda vinger Germaniyaning "Frayburg" jamoasi sharafini himoya qiladi. Doan Yaponiya milliy terma jamoasi bilan 2019 yilgi Osiyo kubogi finalchisiga aylandi. Hozirda ham u terma jamoa azosi hisoblanadi.

2017 yil — Li Sin U (Janubiy Koreya)

"Koreyalik Messi" laqabini olgan Li 2010 yil "Barselona" etiborini tortdi va klub akademiyasiga qo'shildi. Birinchi mavsumida hujumkor yarim himoyachi "La Masiya" tarkibida 29 o'yinda 39 ta gol urdi. SHuningdek, to'rtta turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2016 yil esa "Barselona B" jamoasida debyutini o'tkazdi. 2017 yil Italiyaning "Verona" klubi azosiga aylandi. Keyingi yillarda Belgiyaning "Sent-Tryuyden", Portugaliyaning "Portimonense" klublari o'ynagan futbolchi 2022 yil mahalliy "Suvon" jamoasiga qo'shildi. Hozirda esa "CHonbuk Motors" sharafini himoya qiladi. Eng yaxshi yosh futbolchi sovrinini qo'lga kiritishiga uning U-20 jahon chempionatidagi jozibali o'yini sabab bo'lgan. Biroq Li milliy terma jamoaga muntazam chaqiruv olgani yo'q va hozirga qadar 12 marta "yo'lbarslar" libosida maydonga tushgan.

2018 yil — Turki Al Ammar (Saudiya Arabistoni)

Turki 2018 yil yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida 4 ta gol bilan Saudiya Arabistoniga bosh sovrinni qo'lga kiritishida yordam berdi, o'zi esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Uning xatti-harakatlari milliy terma jamoa murabbiylari etiboridan chetda qolmadi va yarim himoyachi bir qancha o'rtoqlik o'yinlariga jalb etildi. Biroq 2019 yilgi Osiyo kubogida yakuniy tarkibdan chetda qoldi. Umuman olganda, Al Ammar hozirga qadar atigi 9 o'yinda milliy terma jamoa libosini kiygan. Klub miqyosida esa 6 yil "Al SHabab" sharafini himoya qilgan futbolchi 2023 yil "Al Qodisiya" safiga qo'shildi.

2019 yil — Li Kan In (Janubiy Koreya)

Li 2019 yilgi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida tarixiy natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo'ldi. Li Kan In esa "Oltin to'p" sohibiga aylandi. Keyinchalik hujumkor yarim himoyachi milliy terma jamoaning muhim o'yinchilaridan biriga aylandi. Uning klubdagi mavqei ham yuksalishga erishdi — Ispaniyaning "Valensiya"sida ancha mavsumni o'tkazgan vinger "Malorka"da ham ikki yil to'p tepdi. 2023 yil esa Franciya chempionati gegemoni hisoblangan PSJ azosiga aylandi.

2020 va 2021 yillar COVID-19 pandemiyasi sababli g'olib aniqlanmadi.


2022 yil — Kuryu Macuki (Yaponiya)

Macuki O'zbekistonda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogida Yaponiyani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi. Uning yoshlar o'rtasidagi Osiyo va jahon chempionatidagi xatti-harakatlari, qolaversa, "Tokio" klubidagi ajoyib o'yinlari sovringa munosib ko'rilgan. Joriy yilning iyulida Macuki Angliyaning "Sautgempton" klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi va o'yin amaliyotiga ega bo'lib turish maqsadida Turkiyaning "Go'ztepa" jamoasiga ijaraga berildi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

+1   
21 okt 02:29:42
QosimNozimBavariyaChmpn
Qani shu doston
   
21 okt 17:26:21
UmiD Aliev
Jiz12 foydalanuvchining fikriga javob berish
Аббосни Россияда ўйнаётганлигини хисобга олса беришлари кийин булса керак.
Ikkala nomzod xam o'z chempionatida o'ynirkan Abbos esa Sskada stabil o'ynab kevotti
   
21 okt 15:59:25
Abror_Tursunov
Sherzod Karimov ham sovrin olmaganmidi qanaqadir?
   
21 okt 11:24:41
Jiz12
Аббосни Россияда ўйнаётганлигини хисобга олса беришлари кийин булса керак.
   
21 okt 09:39:50
Man_Utd Norin
Fayzullayev oladi
   
21 okt 08:58:24
Жамшид Арабов
Диққат билан қарасангиз, учта номзод хам Хитойликларга ухшайди????
   
21 okt 05:36:15
Ўзбек футболининг муҳлиси
Шомуродов қайда, Ҳамдамов қайда ҳозир???
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика