So’nggi yangiliklar

23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  0 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  0 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  4 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  4 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  33 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  6 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0

Osiyo kubogi-2019. Qirg'izlarning "Tursunboyi". FOTOMAQOLA Yangiliklar

Osiyo kubogi-2019. Qirg'izlarning "Tursunboyi". FOTOMAQOLA

Kecha Osiyo kubogi-2019 2-turi doirasida qo'shnilarimiz Qirg'iziston terma jamoasi Janubiy Koreyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

"C" guruhi vakillari o'rtasidagi uchrashuvdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA

Quyida esa "Hazza Bin Zayed"da o'tgan bellashuvdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz

Uchrashuvni yoritish uchun kelgan fotomuxbirlar.


Bu esa "Hazza Bin Zayed" stadionining media tribunasi, sharoitlar alo darajada.


Janubiy Koreyaning boshlang'ich tarkibi.


Qirg'izistonning boshlang'ich tarkibi. 1-turdagi qo'pol xatosidan so'ng Aleksandr Krestinin asosiy darvozabon Pavel Matyash o'rniga yosh kiper Qutman Kadirbekovni maydonga tushirdi.


 

Kecha maydondagi eng mashxur futbolchi Ku Ja CHol (13-raqam) edi, o'z-o'zidan obektivlarimizga eng ko'p tushib qolgan ham aynan u bo'ldi.


Suratda Qirg'izistonning ikki nafar maxalliylashtirilgan o'yinchilari Daniel Tago (17) va Edgar Bernxard (9).


Bunday keskin to'qnashuvlar ko'p bo'ldi.


Qo'shnilarimizning yosh kiperi Qutman Kadirbekov kecha yaxshi taassurot qoldirdi.


Bentu shogirdlari gol urishini kutmoqda.


Mana o'sha uchrashuvdagi yagona gol.


Koreys muxlislarning quvonchi cheksiz.


Qirg'iziston nomdor raqibga qarshi bunday qarshilik ko'rsatishini kutmagan edim. Qo'shnilarimizning o'yini juda ham iliq taassurot qoldirdi.


O'yinni bosh hakami Hamis Muhammad Al-Marri (Qatar) J.Koreya darvozasiga penalti belgilamadi. Birinchi holatda to'p qo'lga tegmagan edi, ammo ikkinchi vaziyatda to'p koreys futbolchisining qo'liga tekkandi.


Qirg'izlarning "Tursunboyi".


Qirg'iziston o'yinchilari so'nggi soniyalargacha gol urish uchun harakat qilishdi. Ammo, o'zlari yaratgan imkoniyatlardan foydalana olishmadi.


Ajoyib va tomoshabop o'yin uchun har ikki jamoaga tasanno.


Janubiy Koreyaning "JTBC" telekanali boshlovchisi o'yindan keyin to'g'ridan-to'g'ri efirga chiqish arafasida. Darvoqe, aynan mana shu kanalda J.Koreyaning sobiq bosh murabbiyi Tae Yong SHin ham ishlamoqda. U bilan "Hazza Bin Zayed" media markazida uyushtirgan suhbatimizni kecha chop etgan edik.


Qirg'iziston - Janubiy Koreya uchrashuvidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov

Al Ayn, BAA

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика