U-23 Osiyo kubogiga qura tashlash sanasi malum
11 sen 11:19
Yangiliklar
U-23 Osiyo kubogiga qura tashlash sanasi malum
Osiyo futbol konfederaciyasi 2026 yilning 7–25-yanvar kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo kubogi final bosqichiga qura tashlash marosimi bo'yicha malumot taqdim etdi.
Unga ko'ra mazkur tadbir 2025 yilning 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpur shahrida bo'lib o'tadi.
Qurada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo'lib, O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan o'rin olgan:
1-savatcha
Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
O'zbekiston
Yaponiya
Iroq
2-savatcha
Koreya Respublikasi
Vetnam
Avstraliya
Qatar
3-savatcha
Tailand
Iordaniya
BAA
Eron
4-savatcha
Xitoy
Suriya
Qirg'iz Respublikasi
Livan
Malumot o'rnida, OFK jamoalarni savatchalarga ajratishda so'nggi uchta Osiyo kubogida (Tailand-2020, O'zbekiston-2022 va Qatar-2024) erishilgan natijalarni hisobga olgan.
Mazkur musobaqa guruh bosqichi, chorak final, yarim final, 3-o'rin uchun va final uchrashuvlaridan iborat bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar
Koreya
Eron
Qirg'iziston