SHomurodov debyut golini urgan, hakam rimliklarga 4ta qizil kartochka ko'rsatgan o'yinda "Roma" mag'lubiyatga uchradi
08 avg 2021 03:00
Yangiliklar
SHomurodov debyut golini urgan, hakam rimliklarga 4ta qizil kartochka ko'rsatgan o'yinda "Roma" mag'lubiyatga uchradi
"Betis" va "Roma" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv haqiqiy dramaga aylandi. Hamyurtimiz o'zining debyut o'yinidayoq gol va golli harakat amalga oshirishga erishdi. Eldor 68' daqiqada almashtirildi.
Ikkinchi bo'lim juda asabiy kechdi. Hakam umumiy hisobda 4 bor qizil kartochka ko'rsatdi(barchasi "Roma" azolariga). Hammasi "Betis"ning qo'l bilan kiritgan uchinchi golidan boshlandi. Pellegrini golni inobatga olgan hakamga etiroz bildirdi va qizil kartochka bilan jazolandi. Pellegrining chetlatilishidan g'azabga tushgan Joze Mourinyu esa maydonga tushib ketdi va u ham qizil kartochka ishlab oldi. SHundan so'ng, Manchini va Rik Karsdorplar ham maydondan chetlatildi. SHu tariqa, "Roma" o'yinni 8 kishi bo'lib yakunlab qo'ydi. "Betis" esa osonlik bilan, o'ziga kerakli hisobni qayd etib qo'ydi.
O'rtoqlik uchrashuvi. "Betis" - "Roma" 5:2
Gol: 4' Rodri, 27' ELDOR SHOMURODOV! 30' Fekir, 51' Manchini, 58' Moreno, 80' Telo, 83' Robert
CHetlatishlar: Pellegrini, Joze Mourinyu, Manchini, Rik Karsdorp
Roma: Rui Patrisiu (Fuzato), Karsdorp, Manchini, Smolling (Ibanez), Kalafori, Diavara (Veretu), Kristante (Bove), Zanolo (Perez), Pellegrini, Mxitaryan (El SHaaravi), Eldor SHomurodov (Kumbulla)
Betis: Rui Silva, Sabalya (Mantoya), Edgar, Viktor Ruiz, Aleks Moreno, Paul (Robert), Kanales (Guardado), Rodri (Karvalo), Aytor Ruibal (Xaukin), Fekir, Borxa (Telo)
Eldor SHomurodovning goli:
SHomurodovdan golli harakat:
Fikrlar