So’nggi yangiliklar

00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  0 00:00Лига 1. ПСЖ ва "Ренн" Парижда ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:45А Серия. "Милан" ўз майдонида "Лечче"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  1 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  0 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 22:00Суперлига. "Сивасспор" ва Турғунбоев ўз майдонида "Истанбул Башакшехир"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   28 21:06"Атлетико" қўшиқчи қизнинг сўзлари сабаб унинг "Метрополитано"даги иштирокини бекор қилди  2 20:21Франция терма жамоаси дарвозабони: "Парагвай билан ҳисоб китобимиз бор"  0 20:08Жамшид Саидов: “Зиммамиздаги вазифани бажармасак, исталган ўйин мен учун охиргиси бўлиши мумкин”  1

"Oq-tepa" klubiga tashrif buyurgan italiyalik mutaxassis Morris Pagniello ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

"Oq-tepa" klubiga tashrif buyurgan italiyalik mutaxassis Morris Pagniello ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Rivojlanish yo'lida oldinga qadam tashlayotgan "Oq-tepa" klubi bu borada yana bir loyihaga qo'l urdi.

Xabaringiz bor kecha klub matbuot xizmati italiyalik futbol funkcioneri Morris Pagniello ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tishi haqida malum qilgan edi. Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida klub prezidenti Sarvar SHog'ulomov, Morris Pagniello ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi, unda italiyalik mutaxassisning "Oq-tepa" klubi bilan hamkorlikdagi maqsadi, oldinda amalga oshiriladigan ishlar va rejalar borasida fikrlar yangradi. Konferenciya davomida o'zimizning qiziqtirgan savollarimizga javob oldik. 

Malumot o'rnida  Morris Pagniello asli kelib chiqishi avstraliyalik, Italiya fuqaroligiga ega. Hozirda futbol funkcioneri hisoblanadi. "Racing city group" asosida bir nechta klublarga ega inson hisoblanadi. Ularda barcha klublarning nomi "Racing city group" nomi bilan boshlanadi. 

Sarvar SHog'ulomov ("Oq-tepa" klubi prezidenti): - Barchangiz yaxshi bilasiz klubimiz tashkil topganiga 20 yil bo'ldi. Biz birgalikda klubni yana rivojlantirishni va futbol sifatini oshirishni maqsad qilganmiz. Yaqinda janob Morris bilan tanishdik va klubimizga taklif qildik. Kuni kecha u Toshkentga keldi. Ushbu inson haqida malumot beradigan bo'lsam, Jahon miqyosida ko'pchilikka tanish deyishim mumkin. Uning akademiyasi butun dunyoda etakchi o'rinlarda turadi. Italiya, Ispaniya, AQSH, Xitoy va BAA kabi mamlakatlarda bir qator filiallari bor. Hozirda kelajakni ham o'ylagan holda besh yillik shartnoma imzoladik. Bu nimalarni o'z ichiga olishini tushuntirib o'tsam. Akademiyani rivojlantirish yani kichik yoshdan professional darajaga qadar yuqori saviyaga olib chiqish. Akademiyamizni filiallarini ochish. SHuningdek futbolchilarni almashish, biz ularga, ular bizga o'z futbolchilarini yuboradi. O'zbek futbolini nufuzini oshirish eng oliy maqsadimiz, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. 

Morris Pagniello (Italiyalik funkcioner) - Bu erga kelishimdan maqsadimni aytib o'tsam. Men O'zbekistonda hech qachon bo'lmaganman. Lekin G'anisher va Sarvar SHog'ulomovlarning taklifiga ko'ra yurtingizga keldik. Nima uchun bu klubni tanladik? Bilasiz "Oq-tepa" shaxsiy klub. Klubning infratuzilmasi bilan tanishib chiqqanimizdan so'ng shunday qarorga keldikki, bizning akademiyamiz bo'lgan "Genoa Soccer Academy" hamda "Racing city group" loyihasi asosida klub infratuzilmasini yanada yaxshilash borasida ish olib boramiz. Takidlab o'tganimdek akademiyamizni oxirgi yillarda 250dan oshiq bitiruvchi tamomladi va Evropa klublariga yo'l oldi. Biz xuddi shuni bu erda ham yo'lga qo'ymoqchimiz. Futbol biznesligini yaxshi bilamiz. Ammo hozirda asosiy maqsadimiz futbolni rivojlantirgan holda keyingina biznes rejaga o'tish. Klub rahbarlari bilan bir qancha muzokaralar o'tkazdik. O'zaro hamkorlik besh yilga mo'ljallangan. Buning ichida klubdagi yosh iqtidorli futbolchilarni Evropa klublariga taklif qilish ham bor. "Racing city group", "Rasing Mursiya"dagi tizmni "Oq-tepa"ga ham singdirishni vazifa qilib qo'yganmiz. Bu nafaqat klubga balki o'zbek futboliga va terma jamoaga katta yordam beradi degan umiddaman. 

- O'zbekistonda futbol hali biznes darajasida emas. Daromad olish mushkul. Biznesdagi odam pul tikkandan so'ng tabiiyki daromadni o'ylaydi. Siz pul tiksangiz daromad kelmasa qancha vaqtgacha sabr qila olasiz?

- Biz hozirda biznes jihatlariga to'xtalganimiz yo'q. Boshlanishiga murabbiylar va futbolchilarning rivojlanishiga etibor qaratishni maqsad qilganmiz. O'zbekistonda iqtidorlar ko'p. Ularni to'g'ridan-to'g'ri Evropaga olib ketishdan oldin kerakli bosqichga olib chiqishimiz kerak. Klubga murabbiylarimiz keladi, bu birinchi tashlangan qadam bo'ladi. Bilasiz ayni paytda Serxio Marinangeli "Oq-tepa"da faoliyat olib bormoqda. 

- O'zbek futboli haqida etarlicha taassurotga ega emassiz. SHu sababli bu loyihaning muvaffaqiyatli chiqishiga qay darajada ishonmoqdasiz?

- Inson tanlashda hech qachon adashmaganman. Men SHog'ulomovlar oilasiga ishondim va yaxshi inson sifatida qabul qildim. Yaqin orada 1-2 nafar futbolchi Ispaniya klublaridan biriga yo'l oladi. Asosiy dvizionga emas, yoshlar jamoasiga o'tadi. Jamoa ishtirokidagi o'yinni bir taym ko'rdik va O'zbekistonda iqtidorlar borligiga guvoh bo'ldik. O'ylashimcha oldimizga qo'ygan maqsadlarimizga erishamiz. 

- Ushbu loyihadan "Oq-tepa"ga umumiy qandaydir foyda keladimi?

Sarvar SHog'ulomov: - "Rasing Mursiya" va "Oq-tepa" birgalikda faoliyat olib boradi, akademiya masalasida ham shunday. Yosh futbolchilarning, imkoni yo'q iqtidorlarning Evropaga yo'l olishiga yordam berishni istaymiz. Infratuzilma va boshqaruv tizimini rivojlantirish borasida ham ishlayapmiz. Balki qo'shimcha maydonlar qurarmiz. Ha, avvallari "Real Madrid", "Yuventus" kabi jamoalar O'zbekistonda akademiyalarini ochishmoqchi bo'lishgan. Muammo nimada, bular tayyor o'yinchilarni olib ketishadi. Biz esa janob Morris bilan gaplashdik, "Rasing Mursiya" bu yo'ldan bormaydi balki, futbolchilarni tayyorlaydi. Bu ikki xil narsa. 

Morris Pagniello: - Bu gaplarimiz faqat matbuot anjumani uchun emas. Haqiqatdan ham bir yoki ikki nafar futbolchi qishda Evropaga borib malaka oshiradi. U erda qolishi borasida esa muzokaralar ketmoqda. 

Sarvar SHog'ulomov: - Murabbiylarimiz uchun evropalik mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Yoki yangi yilga qadar, yoki yangi yildan so'ng buni tashkil qilamiz. Bu seminar faqat "Oq-tepa" klubidagi murabbiylar uchun emas, istalgan klub murabbiylari o'z xohishiga ko'ra ishtirok etishi, o'rganishi mumkin. Barchasi bepul bo'ladi.  Yakunda diplom beriladi. Hozircha boshlanishiga Toshkentda o'tkaziladi. Keyinchalik esa Madridda yoki Ispaniyaning boshqa shaharlarida olib boriladi. 

- Janob Morris O'zbekiston haqidagi dastlabki taassurotlar qanday bo'ldi?

- Men oldin O'zbekiston borasida hech qanday taassurotga ega emasdim. Menga Toshkent juda ham yoqdi. SHahringiz yashil, yozda bundan ham chiroyli bo'ladi deb o'ylayman. Kecha "Bunyodkor" klubida bo'ldik. Infratuzilmasi bilan tanishib chiqdik. "Bunyodkor" akademiyasi top darajada. Faqat maksimal darajada ishlatishga vaqt kerak. Milliy taomingiz palov manzur keldi. Toshkentda yana 10 kun qoladigan bo'lsam shuncha ko'p vaznga ega bo'lishim aniq. 

- Bir taym davomida kuzatganingizni aytdingiz. O'zbekistonlik futbolchilarning aynan qaysi jihati sizga maqul keldi?

- To'g'risini aytadigan bo'lsam o'zbekistonlik futbolchilarning ishtiyoqi va ruhi balandligi menga yoqdi. Har bir vaziyatga tik qarashi, qo'rqmasligi va kurashlarga chanqoqligini ko'rdim. Qo'rqmaslik, ruhiyat va taktika futbolda muhim ahamiyat kasb etadi. Klubdagi ispaniyalik murabbiy Serxio Marinangeli bilan turli guruhlardagi futbolchilarning harakatini kuzatdik. Futbolda berilgan imkoniyat va omaddan foydalansangiz ko'p narsaga erishasiz.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика