Rasman: "Atletiko" Baenani "Vilyarreal"dan 45+5 million evroga sotib oldi
02 iyu 21:10
Yangiliklar


Rasman: "Atletiko" Baenani "Vilyarreal"dan 45+5 million evroga sotib oldi
Shartnoma 5 yilga tuzildi.
"Atletiko Madrid" "Vilyarreal"dan Aleks Baenani o'z safiga qo'shib oldi.
23 yoshli qanotchi "matraschilar" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 45 million evro, qo'shimcha 5 million evro esa bonus sifatida bo'lishi malum qilindi.
Baena La Liganing o'tgan mavsumida 32 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar