So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  33 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  171 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Xulen Lopetegi: "Katanec juda yaxshi ishlar qilib ketdi, endi esa Timur bu ishlarni davom ettirmoqda. O'zbekiston kabi Osiyodagi eng kuchli jamoalarga qarshi maydonga chiqish – ancha jiddiy chaqiruv" Yangiliklar

Xulen Lopetegi: "Katanec juda yaxshi ishlar qilib ketdi, endi esa Timur bu ishlarni davom ettirmoqda. O'zbekiston kabi Osiyodagi eng kuchli jamoalarga qarshi maydonga chiqish – ancha jiddiy chaqiruv"

Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi va yarim himoyachi Abdulaziz Xatim O'zbekistonga qarshi bahsdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bizni ertaga qiziqarli o'yin kutmoqda. Raqibimiz juda yaxshi shakllangan jamoa. O'zbekiston mundialga yo'l oldi, bu juda katta va ajoyib yutuq. Men sizlarni tabriklayman. Mening jamoam uchun ertangi bahs ham ancha yaxshi imkoniyat. Biz ertaga hali etarlicha imkoniyatga ega bo'lmagan futbolchilarni ham sinab ko'ra olamiz. Guruhdagi har bir bahs yangi imkoniyat degani. O'zbekistonga qarshi o'yinning har jabhasi qiyin kechadi. Biz ertaga imkon qadar kurashuvchan jamoa ekanligimizni namoyish etishimiz kerak. Bu biz uchun haqiqiy chaqiruv", – deya fikr bildirdi Xulen Lopetegi.

"Ikkita terma o'rtasidagi to'qnashuvlar har doim qiyin kechadi. O'zbekiston jahon chempionatiga chiqib ulgurdi. Biz esa pley-off bahsiga yo'l olmoqdamiz. Ertangi bahs biz uchun keyingi bosqichga tayyorgarlik ko'rish uchun dastlabki qadam bo'ladi. O'yin o'ta qiyin kechishi aniq. Jismoniy va ruhiy jihatdan qiyin sinov bo'ladi. Barchasini to'g'ri amalga oshirib, g'alaba qozonishga intilamiz", – dedi Abdulaziz Xatim ertangi bahs oldidan.

- Ertangi uchrashuvda ikki jamoada ham bosim yo'q. Mana shu jihat ertangi o'yin scenariysiga qanchalik tasir qilishi mumkin?

- O'zbekiston terma jamoasi tarkibida juda yaxshi futbolchilar bor. Ular Evropada to'p tepishadi. Raqibimiz qanday futbol o'ynashni juda yaxshi biladi va o'zi istagan uslubdan foydalanib kelmoqda. Biz ertaga g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Pley-off bosqichi boshlanadi. Keyingi bosqich oktyabrga belgilangan. Unga qadar bunday chellenjlarda o'zimizni sinab ko'rishimiz kerak. Biz safarda turli xil atmosferada, kuchli jamoalarga qarshi o'ynamoqdamiz. Ertaga o'zimizning qobiliyatlarimizni namoyish etishimiz kerak.

- Futbolchiga savol. Abdulaziz, siz noyabr oyida "Al Rayyan" jamoasi bilan birga "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan edingiz. O'sha vaqti Doxada bo'lib o'tadigan terma jamoalarning dastlabki to'qnashuviga 10 kuncha vaqt qolgan edi. O'shanda siz bilan suhbatlashganimda, O'zbekistonga qarshi bo'lajak o'yin biz uchun finalga teng degan fikr bildirgan edingiz. Oradan olti oydan ko'proq vaqt o'tdi va Qatar terma jamoasi mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kirita olmadi. Ushbu vaqt ichida Qatar terma jamoasi bilan nimalar ro'y berdi? Mundialga chiqish uchun nimalar etishmadi?

- Ha, barchasi esimda. Noyabr oyidagi bahs biz uchun haqiqiy final bo'lgan edi. Biz o'sha uchrashuvda g'alaba qozongan edik. Afsuski, keyingi uchrashuvlarda ko'p ochkolar yo'qotdik. Bu futbolda uchrab turadigan holat. Hozir esa biz pley-off bosqichidamiz. O'zbekiston kabi kuchli raqibga qarshi o'ynash yaxshi imkoniyat. Nasib qilsa, yaxshi o'yin namoyish etamiz.

- Bir necha kun avval Eron terma jamoasi mag'lub etildi. Ushbu muhim g'alaba jamoa kayfiyatiga va ruhiyatiga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Biz uchun juda-juda muhim edi. Uch ochko bizni pley-offga olib chiqdi. Futbolda har doim kelajak haqida o'ylash kerak. O'tgan uchrashuv esa tarixga aylandi. Pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Pley-off bahslari oktyabr oyida o'tkaziladi. O'zbekiston kabi Osiyodagi eng kuchli jamoalarga qarshi maydonga chiqish – ancha jiddiy chaqiruv. Yana bir bor takrorlayman. O'zbekiston juda yaxshi tarkibga ega. Katanec juda yaxshi ishlar qilib ketdi, endi esa Timur bu ishlarni davom ettirmoqda. Toshkentda bo'lib turganimdan va ertaga shunday o'yinimiz borligidan xursandman.

- Qatar terma jamoasi so'nggi ikkita Osiyo Kubogini qo'lga kiritdi, ammo hozirgi saralash bosqichida safarda umuman g'alaba qozona olmadi. Ushbu natija amaldagi Osiyo Kubogi g'oliblari uchun qanchalik uyatli natija?

- Futbol har doim kelajakka boqishni anglatadi. Hozirgi vaqt va kelajak. Tarixda ro'y bergan narsalarni ortga qaytarib bo'lmaydi. Biz ertangi bahs haqida o'ylamoqdamiz. Boshqa hech narsa haqida o'ylamayapmiz. Eronni mag'lub etganimizdan xursandman, ammo endi kelajak haqida o'ylashimiz kerak. Futbolda kelajak yaratib borish kerak.

- Futbolchiga savol. Qatar terma jamoasi safarda O'zbekistonni mag'lub eta olmagan. Ushbu natija ertaga yakunlanishi mumkinmi?

- Bosh murabbiyimiz aytib o'tganlaridek, tarix haqida o'ylab o'tirish noto'g'ri. Men tarixni eslashni yoqtirmayman. Biz kelajak haqida o'ylaymiz. Ertaga bahsda barchasi o'zgarib ketishi mumkin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика