So’nggi yangiliklar

10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  0 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  1 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  2 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  0 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  1 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  5 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  3 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  4 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  3 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  4 01:29ЖЧ-2026 саралаши. Австралия Саудия Арабистонини мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  9 01:01ЖЧ саралаши. Ўзбекистон ўрин олган гуруҳнинг якуний ҳолати қандай?  22 00:17ЖЧ-2026 саралаши. Эрон Шимолий Кореяни йирик ҳисобда енгиб, гуруҳни пешқадам сифатида якунлади  19

Timur Kapadze: "Katanec bilan bir-birimizni tabrikladik. Biz Qatardan har jabhada kuchlimiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Katanec bilan bir-birimizni tabrikladik. Biz Qatardan har jabhada kuchlimiz"

MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze va hujumchi Eldor Shomurodov Qatarga qarshi bahsdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda, muhtaram prezidentimiz boshchiligida xalqimizni g'alaba bilan tabriklayman. Qo'shaloq bayram bo'ldi. Ertaga yaxshi o'yin bo'lishini kutyapman. Nasib bo'lsa, chiroyli o'yin namoyish etib, muxlislarni xursand qilamiz", – dedi Timur Kapadze Qatarga qarshi uchrashuvdan oldin.

"Tarixiy natija bilan barchani tabriklayman. Ertaga qiziqarli o'yin bo'ladi. Muxlislarimizni chiroyli o'yin va g'alaba bilan xursand qilamiz degan umiddaman", – deya aytib o'tdi Eldor Shomurodov ertangi bahsdan oldin.

- BAAga qarshi o'yinda ko'p kuch sarflandi. Hissiyotlar, jarohatlar va ko'p energiya yo'qotildi. Mana shu omillarni hisobga olgan holda, Qatarga qarshi tayyorgarlikdan qanchalik ko'nglingiz to'ldi? Jamoada jarohatlar bor...

- Futbolda jarohatlarsiz iloji yo'q. Qaraymiz, kim tayyor. Kayfiyat va ruhiy holat yaxshi. Ertangi uchrashuvda ham hammasi yaxshi bo'lishi kerak. Kecha va bugun tayyorgarlik ko'rdik. Bugun ham so'nggi mashg'ulotimiz bor. Ertangi uchrashuvda barchasi yaxshi bo'lishi kerak.

- Ertangi uchrashuvdan oldin tarkibda yo'qotishlar bormi?

- Bor. Hozir ham shuni aytdim. Oston O'runovda jarohat bor. Shukurovda ham kichik jarohat bor. Otabekni bugungi mashg'ulotda sinab ko'ramiz. Qolgan barcha futbolchilar uchrashuvga tayyor.

- Eldor Shomurodovga savol. Bir necha kundan buyon tarixiy natija nishonlanmoqda. Jamoa tarkibidagi futbolchilar hali nimalar qilib qo'yganimizni tushunib eta olmadik deb aytib o'tdi. Nimaga erishganimizni his qila olyapsizlarmi? JCHga chiqdik degan hissiyot futbolchilarda bor va biz endi yangi darajadagi terma jamoa ekanligimiz anglab etildimi?

- Bu katta natija. To'g'risi, hali nishonlashga vaqt bo'lgani yo'q. Barcha xursand, ammo ertaga ham o'yin bor. Futbolchilarning fikrida ertangi bahs ham bor. Muxlislarimiz ko'z o'ngida o'ynaymiz va ular bizdan g'alaba kutishadi. Ular bizdan natija kutishadi. Shu sababli ertangi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Qatarni mag'lub etib, qo'shaloq bayram qilib nishonlaymiz.

"Futbol shunisi bilan ham qiyin. Vaholanki, bitta o'yinda g'alaba qozondik, ammo bosim har doim bo'ladi. Keyingi o'yinga tayyorlanish kerak. Ayrim futbolchilarimiz ertangi bahsdan so'ng tatilga yo'l olishi mumkin, lekin Superligada to'p tepadigan futbolchilarimiz o'z jamoalariga qaytib borishadi. Futbolning qiyin jihati shu. O'yindan o'yingacha barchasi zich", – deya qo'shimcha qildi Kapadze.

- Murabbiylik faoliyatingizda BAAga qarshi eng pragmatik o'yinni o'tkazdingiz. Timur Kapadzedan hech qachon bunday o'yin ko'rmaganmiz. Qatarga qarshi to'qnashuvda ham bosim tufayli shunday o'yin ko'ramizmi?

- BAAga qarshi o'yinda nima qilib bo'lsa ham natijaga erishishimiz kerak edi. Pragmatik o'yinmi yoki boshqa narsa, umuman farqi yo'q. Bizda bosim bor edi. Muxlislarimiz BAAga etib borishdi va shunga o'xshash boshqa faktorlar o'z tasirini o'tkazdi. Bilmadim, pragmatik o'yin bo'ldimi yoki yo'q. Nazarimda, o'yinni biz nazorat qildik. So'nggi daqiqalarni hisobga olmagan holda. Qolgan barcha jabhalarda o'yin bizning qo'limizda edi. O'yindan so'ng ko'p xursandchilik bo'ldi. Ertaga ham baribir bosim bor. Muxlislarimiz tashrif buyuradi va xurmatli prezidentimiz tashrif buyuradi. Eratga ham chiroyli o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- Katanecdan ketganidan so'ng taktikani o'zgartirish uchun vaqt kam edi. Endi sentyabr oyidan boshlab terma jamoamizda etarlicha vaqt bo'ladi. Endi terma jamoamizda Timur Kapadzening 4-3-3 sxemasini ko'ramizmi yoki jamoa hozirgi uslubda qolaveradimi? Rejalaringiz qanday?

- Hozirgi sxema qo'limizda bor. Keyingi o'rtoqlik uchrashuvlarida xar xil sxemalarda o'ynab ko'ramiz. Yangi nomlarni kashf etishga harakat qilamiz. Qanday vaziyatda jamoani qabul qilib olganimdan xabaringiz bor. Oldimizda eng so'nggi to'rtta o'yin bor edi. Yaratganga shukr, to'g'ri ish olib bordik va endi Jahon chempionatidamiz.

- Qatar so'nggi yillarda bizga noqulay raqib bo'lib qolgandek. So'nggi Osiyo Kubogi va oxirgi bahsda terma jamoamiz ancha qiynaldi. Qatar terma jamoasi O'zbekiston uchun noqulay raqib bo'lib qoldi degan fikrga qanchalik qo'shilasiz?

- Men futbolchi bo'lgan vaqtim vaziyat aksincha edi. Biz Qatarga qarshi yaxshi natijalar qayd etganmiz. Qatar Osiyo Kubogini yutdi. Jaomaning potenciali yuqori. Mening fikrimcha, bizning jamoa Qatardan kuchliroq. Guruh bosqichidagi har bir o'yin o'ta qiyin kechdi. Amaldagi Osiyo Kubogi g'olibi musobaqa jadvalida bizdan pastroqda turgani bunga dalil bo'la oladi. Biz har bir jabhada Qatardan kuchlimiz. Ikki uchrashuvda ham biz raqibdan kuchmiz emas edik, shunchaki ayrim vaziyatlarda Qatarga omad kulib boqdi.

- Eldor Shomurodovga savol. Saralash bosqichini zich taqvimda o'tkazdik. FIFA kunlari va klublar musobaqasi o'rtasidagi farq juda zich edi. O'zingiz ham terma jamoa safiga o'yinga bir yoki ikki kun qolganida etib kelar edingiz. Biroq iyun oyidagi FIFA kunlari terma jamoa uchun biroz boshqacha bo'lib o'tdi. Ko'p chempionatlar tugab bo'lgani sababli MTJ BAAga qarshi o'yindan bir hafta oldin yig'ila oldi va yig'in o'tkazdi. BAAga qarshi o'yindan oldingi bir haftalik tayyorgarlik rejasini qanchalik foydali bo'ldi deb o'ylaysiz?

- "Roma" bilan Evropa Ligasi va Kubok bahslarida ishtirok etayotan vaqtlarimizda har uch-to'rt kunda o'yin bor edi. Mavsum yakunida esa "Roma" barcha Kuboklarni tark etdi va faqatgina chempionatidagi ishtirokini davom ettirdi. Biz bir hafta bir o'ynaydigan bo'lib qoldik. To'g'risi, bu men uchun biroz zerikarli. Vaqt o'tishi sekin va zerikarli bo'lib qoldi. Terma jamoada ham shunday holat deya olaman. Terma jamoaga kelgandan so'ng 3-4 kun ichida o'yin bo'lsa, juda yaxshi. Tez-tez maydonda bo'lib turish ham kerak. BAAga qarshi bahsga qadar bo'lgan bir haftalik vaqt o'tishi biroz qiyin bo'ldi. O'yin ham juda ahamiyatli edi va shu sababli vaqt juda sekin o'tdi.

- Eldor, ertaga golni qanday nishonlashni qizingizdan so'radingizmi?

- Yo'q (kuladi). Gol ursam, qanday nishonlashin o'ylab qo'yganman.

- Kuni kecha terma jamoa sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec ertangi uchrashuvni stadiondan kuzatib borishi elon qilindi. O'FA Katanecni taklif etibdi. Bir necha soat avval esa ijtimoiy tarmoqlarda Srechko Katanec MTJ istiqomat qilayotgan mehmonxonaga borgani aks etgan videolar tarqaldi. Mehmonxonada Katanec bilan ko'rishdingizmi? Agar ko'rishgan bo'lsangiz, u bilan nimalar haqida gaplashdingiz?

- Katanec bilan avval ham ko'p ko'rishar edik. Aloqalarimiz yaxshi. Men o'sha vaqti Olimpiya terma jamoasida, u esa MTJda edi. Ha, mehmonxonada ko'rishdik. Bir-birimizni tabrikladik (kuladi). Katanecning hissasi ham katta. U uch yildan oshiq vaqt mobaynida MTJda faoliyat yuritdi. Prezidentimiz Katanecni taqdirlash marosimiga qo'shganidan xursand bo'ldim. Rahbariyatimiz mehnatni etibor chetda qoldirmasligi meni faxrlantiradi. Katanec kelgani juda zo'r.

Reyting: +23   

Fikrlar

+5   
09 iyu 20:51:11
Камолиддин Каримов
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
Эртанги натижа қандай бўлишидан қатъий назар, Кападзега раҳмат айтиб, Катанец даражасидаги мураббийни сентябргача топиш керак. Ўзбекистон жч 2026 чиққанини ҳисобга олсак, кўпгина мурабийлар сал арзонроқ ойликка рози бўлади.
Тугри Копадзени даражаси пастрок бунт олимпиада курдик жахон даражасидаги тренер керак Узбекистонга.
+4   
09 iyu 22:25:20
BOBIRBEK_URINOV⚽️
Катанец бутун авжидаку... уша-уша галаба маглубиятлар...
Катанецга рахмат! Лекин вахимали даражада нимани койиллатди? Кузларингни очиб уйинларни тахлил килларинг! Эрон камчилик булиб ютиб кетишига оз колганди... Катарларни ютиб келардик, ютказадиган булиб колдик! Киргизларни 3 ёки 4 туп фарки билан ютардик! Шулар билан хам юрак ховучлайдиган булдик! Хозир кимдир келиб, Киргиз кучайган дейиши мумкин бу табиий ха улар кучайди, бизлар эса кучсизландикми шунда...
ОМАД УЗБЕК УГЛОНИ КАПАДЗЕ!!!
КАТАНЕЦГА КАТТА РАХМАТ!
+4   
09 iyu 20:45:21
DRAKON
Soccerland777 foydalanuvchining fikriga javob berish
Эртанги натижа қандай бўлишидан қатъий назар, Кападзега раҳмат айтиб, Катанец даражасидаги мураббийни сентябргача топиш керак. Ўзбекистон жч 2026 чиққанини ҳисобга олсак, кўпгина мурабийлар сал арзонроқ ойликка рози бўлади.
Туғри фекир,футболчими у мурабийми узини узи реклама қилиш учун энг мақули бу ЖЧти, айтганездек ЖЧга таерлаш ва уйнатиш учун ишсиз юрган кучли мурабийлар камро ойликка хам рози булишади деб уйлайман,Коподзега хизмати учун рахмат айтиб эртанги уйиндан кейин хайрлашишлари керак, раз мундиалга чиқдекми муносиб қатанашиш учун кучли мурабий хам топишимиз шарт
+3   
10 iyu 01:07:06
El-Uzbek
#Bobur Abduxoliqovgayam mukofat va sovg‘alar berilsin
+3   
09 iyu 22:48:45
Азим Исмаилов
Muhammad Yusuf???? foydalanuvchining fikriga javob berish
Uqidim yangi nomlar bulsa yaxwi masmi formade balardi op ketsa wu mawaripovla qancha xarakat qildi osongina xayr divoriw galati bumedimi ??kapadzega nimaga xayr diyiw kere tuwinmiman qatan bilas jaxon chempida uzini kursatib chetka ketsa yaaxwi masmi bizga qate yeban xorijli trener di op kelib buqdiyam rezultadi qime soqani olib ketadi yana uzimizi wu qora kuzga kunimiz qoladi ????
Бир нарсани тугри тушунинг хозирги вактда терма жамоада факат 2 одам уйнаяпти уткир юсупов ва аббос файзуллаев колганлар качон футбол уйнайди факат европадан мутахассис келсагина узгариш будади
Уларга копадзени гапи утмайди Яна кайтараман утмайди
+3   
09 iyu 22:34:14
Зинуp
Купчилик ёзибди энди уртоклик уйнларда осиё командалар билан уйнамаслик керак ёки кучсизлар билан дебди.. Хейй онги паслар (шунака ёзганларга тегишли) жчга чикдик энди Аргентина Англия хуллас жчга чиккан булса бизга узи таклиф билан чикади грухга булингандан кейин ёки биз хам дунёда кучли бешликдаги жамоаларга бемалол бепулга таклиф жуната оламиз улар хам йук демайди энди
+3   
09 iyu 21:56:59
jamshid rakhmonov
Камолиддин Каримов foydalanuvchining fikriga javob berish
Тугри Копадзени даражаси пастрок бунт олимпиада курдик жахон даражасидаги тренер керак Узбекистонга.
Темурни даражаси ЖМ эмас, Олимпияни кўрдик. Яхши кучли мураббийни олиб келиш керак. Ҳудди Катанецга ўхшаган мураббий келиб жамоани 1 йил ичида ЖЧ га тайёрлаши керак. Темурни яна Олимпияга қайтариш ёки кучли мураббийга ёрдамчи қилиб тажрибасини ортириш керак. Агар унақа бўлмаса ЖЧ да кучли жамоларни билан ўйинда морожний еб ўтирамиз. УФА раҳбарлари буни сезиши керак. Профессинал тарафдан ёндашиш керак.
+3   
09 iyu 21:51:56
Зинуp
Зинуp foydalanuvchining fikriga javob berish
Катагец келибди хозир видеосини курдим Машарипов билан
**Катанец
+3   
09 iyu 21:51:45
Мирзохид Мадаминов
Фифа рейтингида кутарилиш ун хам ютиш керак
+3   
09 iyu 21:31:40
Husan Shah
ҲАММАНИНГ ФИКРИНИ ҲУРМАТ САҚЛАГАН ҲОЛДА ЎЗ ФИКРИМНИ ҚОЛДИРМОҚЧИМАН.
КАПАДЗЕ ЯХШИ МУРАББИЙ, ЛЕКИН УНИ МУРАББИЙЛИК ҚОБИЛИЯТИ ЧЕКЛАНГАН, ЯНИ ЖАҲОН ЧЕМПИОНАТИДА АСТОЙДИЛ ВА НАТИЖАДОРЛИК БЕРИШ КАПАДЗЕДА ЙЎҚ. МАНГА ҚОЛСА, КАТАНЕЦГА ТАКЛИФ БЕРИШ КЕРАК, КАПАДЗЕ ЕРДАМЧИ МУРАББИЙ БЎЛИБ ЎРГАНСИН. ЖАҲОН ЧЕМПИОНАТИДА 10:0 НАТИЖАСИ БН ЮТҚАЗИШ УЧУН БОРМАСИН ТЕРМА ЖАМОА. КАПАДЗЕНИ МАОРАТИНИ ОЛИМПИЯ ТЕРМАМИЗНИНГ ОЛИМПИЯ ЎЙИНЛАРИДА КЎРДИК. ЯХШИ ХОРИЖЛИК МУРАББИЙНИ 1 ЙИЛГА ШАРТНОМА ҚИЛИБ ОЛИБ КЕЛИШ КЕРАК.
+2   
10 iyu 07:55:01
Odilbek Abdushukurov
Muhammad Yusuf???? foydalanuvchining fikriga javob berish
Katar chemp bulgan payti xop dimiz mayli lekin mana bu saralawda arab amirliklari 5 talab urdi katarga xato qirgizlar yuti chichqoq katanes yutqizdi agar iwida qolganda eron bilan arablargayam yerdi chunki uzi karea bilan uyinlarda katanesdi iwi tugaganligi kurinb qolib turodi ...
Ho‘p, Qatarni yutgani bilan jahon chempionatiga chiqdimi? Yakuniy natijaga bog‘liq hammasi.
+2   
10 iyu 02:44:22
Liberty6668
Формани качон тузукрогига алмаштирасизлар деб савол беринглар федерациядагиларга, даже козоклар айтишди бир чиройи йук деб узбекларни формасида. Энди МТЖни тузукрок формаларга кийдириш вакти хам келди, шу УФА тузукрок спорт компаниялари билан шартнома тузса яхши буларди, нормальный оркасида исми тушурилган форма керак ЖЧ чиканда.
+2   
10 iyu 01:02:51
jamshid rakhmonov
Sharobiddin Qosimov foydalanuvchining fikriga javob berish
To'g'ri chetdan kelgani Yaxshi lekin, JCh uchun deb Futzalda nima boldi axvol, Kapadze qolgani maʼqul manimcha.
Футзал билан катта футболни фарқи ер билан осмонку:))) Мундиалда Ж.Америка, Европа, Африк ва Осиёни энг сараланган жамоалари ўйнайди. Футзал бу хобби футбол.
+2   
10 iyu 00:48:18
Барса1970
Жахон чемпионатига чиққан жамолар кўпчилиги тренери ўзиданмас нега бизники ўзимиздан бўлиши керак Темур шунчалик кучлими
+2   
09 iyu 21:35:34
Husan Shah
ТИМУР, ШАРМАНДА БЎЛМАЙИН ДЕСАНГ ЎФФГА КАТАНЕЦНИ БИРГАЛИКДА МУРАББИЙЛИК ҚИЛИШ ТАКЛИФИ БИЛАН ЧИҚ. АКС ҲОЛДА 1 ЙИЛДАН КЕЙИН ОБРЎИНГНИ ЙЎҚОТИШИНГ МУМКИН.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика