So’nggi yangiliklar

02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  0 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  0 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  9 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  8 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  11 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  36 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  13 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  27 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  273 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  7 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1

BAA kundaligi: CA korteji yoxud Abu-Dabini egallagan OAV Yangiliklar

BAA kundaligi: CA korteji yoxud Abu-Dabini egallagan OAV

Bugun Dubayda istiqomat qilayotgan Championat.asia jamoasi shu erda, ammo juda chekka joyda vaqtincha yashagan va mashg'ulot olib borgan terma jamoa mehmonxonasiga bordi.

Mehmonxonaga kirib borishimiz ham qiziq kechdi. Security (qo'riqlash xodimi) baraka topsin, bizga ortiqa to'sqinlik qilmadi va yo'limizni ochib berdi. Shu tariqa voqea joyidan stendap, foto va video tayyorlashga muvaffaq bo'ldik. Bizni u erda ko'rgan futbolchilar ham biroz ajablandi, chunki terma lageri yopiq holatda bo'lgani uchun ular biz topib borishimizni kutmagan. 

Terma jamoa 12:30 da mehmonxonani tark etgan bo'lsa, biz yo'l-yo'lakay mashinamiz benzinini to'ldirib oldik va avtobus bilan kortej hosil qilib ketdik. 

Shunday qilib, mahalliy vaqt bilan soat 13:50 da terma jamoa o'zi uchun ajratilgan oteliga etib keldi va tushlik qilishga kirib ketdi. 

Biz Abu-Dabidagi "Al Nahayyon" stadioniga yo'l oldik va matbuot anjumaniga qadar fotoreportaj tayyorladik. Keyin soat 18:00 da BAA terma jamoasi bosh murabbiyi Kosmin Olariu va Holid Eysa ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. BAA ustozi sifatidagi birinchi matbuot anjumanida qatnashgan Olariu: "Bunday qisqa vaqt ichida katta o'zgarishlar qilish qiyin. So'nggi bir hafta davomida biz tayyorgarlik olib bordik. Futbolchilarda ishtiyoq juda yuqori, ayrim vaziyatlarda men ularga tinchlanish kerakligi haqida ham aytdim", dedi. Matbuot anjumanidan so'ng mezbonlar OAV vakillari uchun 15 daqiqa ochiq o'tadigan mashg'ulotlarga kirishdi. Biz jarayonlarni tarixga muhrladik. 

Shundan so'ng 19:15 da Timur Kapadze va Jaloliddin Masharipov ishtirokida anjuman rejalashtirilgandi. Biroq ular 15 daqiqa kechikib kelishdi. Ehtimol, bu terma jamoa joylashgan mehmonxona stadiondan 25 km uzoqlikda bo'lgani uchundir. Ayniqsa, tig'iz vaqtda stadionga o'z vaqtida etib kelish mushkul. Bu narsa ertangi o'yinda ham tasirini o'tkazmasa bas. 

Shu joyida yana matbuot anjumani mavzusiga qaytadigan bo'lsak, unda qatnashganlarning 90 foizi o'zbekistonliklar edi. Bu chamasi 40 nafar jurnalist deganidir. Bu raqam shunchaki hayratlanarli! Ular orasida ko'pni ko'rgan jurnalist va sharhlovchilar bilan bir qatorda, endi o'sib kelayotgan OAV vakillarini ham ko'rishimiz mumkin edi. Tajribali jurnalistlarning malum qilishicha, bu kabi holat ilgari O'zbekistonda yaponiyalik jurnalistlar ishtirokida ro'y bergan ekan. Timur Kapadze hamda Jaloliddin Masharipov ham bundan biroz taajjubga tushgani va hayajonlangani sezildi. Nima ham deymiz, Abu-Dabida fayzimizni bersin. Masharipov takidlaganidek, hech qachon bunday bosqich va davrda bo'lmaganmiz. Butun xalq terma jamoadan ijobiy natijani kutmoqda. 

Matbuot anjumanidan avval o'zbekistonlik jurnalistlarning akkreditaciyasi masalasi ham ochiq turgandi, yani so'roq ostida edi. Biroq O'FAning say-harakatlari evaziga bu ijobiy hal etildi va O'zbekistondan kelgan hamkasblar stadionga kirishda ortiqcha muammoga duch kelmasligi aniq bo'lib ulgurdi.

Xullas, bugungi kunimiz barakali o'tdi. Odam yoqimli charchoqni his etdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Endi Sardor Rashidov avjiga chiqqan "90minutuz" podkastini tomosha qilib, hordiq chiqaramiz. Shuningdek, ertangi tarixiy kun uchun kuch to'playmiz.


Sherzod Nurmatov

Dubay, BAA


BAA kundaligi: Sharjada "yo'qotilgan" vaqt

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +2   

Fikrlar

+2   
05 iyu 07:00:34
QosimNozimBavariyaChmpn
Maqolani oʻqib gugurtga ketib kinosini koʻrganday boʻldim. Futbolchilarni oldiga borishlarizni oʻzi bitta kino ekan
+1   
05 iyu 07:42:17
Аброр 1912
Бир пайтлар адашмасам Япония Тошкентда 1 тур колганда куз олдимизда нишонлаганди ЖЧ га чикканини...
+1   
05 iyu 06:09:27
BarsAndijon
Дуода булиб туринглар худо хохласа тарихий натижа билан кайтамиз иншааллох.
+1   
05 iyu 05:20:44
Бахтиёр Ашуров
Илоҳим бугун Т/Жмиз футболчиларига юртимизга ёруғ билан қайтиш насибу рўз айласин. Амийн Аллоҳу акбар!
   
05 iyu 17:41:24
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Машарипов тўшмаса ютади Ўзбекистон. Миллион фоиз
   
05 iyu 17:41:17
Ibrohim.Muhammad Ali.Abdulloh Shamsiddinovichlar
Машарипов тўшмаса ютади Ўзбекистон. Миллион фоиз
   
05 iyu 09:00:37
Ulugbek Dehqonboyev
Ольга.йигитлар.худо.хохласа.бугун.омад.биз.томонда.булади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика