So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Vadim Abramov: "Bugun jamoam juda og'ir o'ynadi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Bugun jamoam juda og'ir o'ynadi"

Bugun Superliga 7-turning "Dinamo" va "Neftchi" o'rtasida qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Vadim Karlenovich, o'yin haqida fikringiz?

- Nima deyishim mumkin, bunday o'yinlarni mayda narsalar hal qiladi. Biz bugun og'ir jamoani ko'rdik. Raqib o'yinini buzishga va nimadir qilishga harakat qildik, lekin o'xshamadi. Ikkinchi golni ko'rdingiz, o'yinchi to'pni havolatib uzatmoqchi bo'lgandi, darvozaga kirib ketdi. Yana bir gapni aytishim kerak, bugun gol urgan raqibning har ikki futbolchisiga (Ibrohimxalil Yo'ldoshev va Abrorbek Ismoilov) o'z paytida men katta futbol eshiklarini ochgandim. Ular bugun meni "jazolab" ketdi. Nimayam derdik, futbolda shunaqasi ham bo'p turadi.

-  "Bunyodkor" va "Neftchi"ga qarshi bahslarda jamoa o'yini umuman qovushmadi. Lekin stadion liq to'ldi. Balki "Nasaf" bilan bo'sh stadionda jamoa o'ynasa g'alaba qozonar?

- Yo'q, nimalar deyapsiz, kimning bo'sh tribunalar qarshisida to'p tepgisi keladi. Muxlislar qo'llashi bizga juda zarur. O'yin payti muhit ham chiroyli bo'ladi. Ammo bugungi natijaning bunga aloqasi yo'q. Bugun bir nechta yosh futbolchilar maydonga tushdi, ulardan birdaniga nimadir kuta olmaymiz. "Neftchi" qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi deb o'ylayman.


- O'rtada mahoratli pleymeyker etishmayapti.

- Bu fikrga qo'shilaman. Bizga maydon markazini boshqara oladigan yaxshi o'yinchi kerak. Tarkibimizdagi braziliyalik jarohat tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Balki ikkinchi davra oldidan kimnidir taklif etarmiz.

- Bu o'yin qoldirilgan paytda "Neftchi" "Paxtakor"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. Hozir jamoa o'z o'yinini topib oldi va o'yin endi o'tkazildi. Bu esa muxlislarning noroziligiga sabab bo'lyapti.

- O'yin atayin qoldirilgan, "Neftchi" o'ziga kelib olishi uchun kutilgan degan fikrdan yiroqman. Biz ham, ular ham teng sharoitda bu uchrashuvga tayyorgarlik ko'rdik. Mag'lubiyatga o'zimiz aybdormiz. Bizda ikki nafar markaziy himoyachi safdan chiqqan, natijada himoyada bo'shliq yuzaga keldi.

- Viloyat hokimi jamoa bilan uchrashdi deb eshitdik.

- Ha, shunday bo'ldi. Shaxsan men viloyat rahbari "Dinamo"ga va umuman futbolga befarq emasligidan xursandman. Uchrashuv iliq o'tdi, hamma xursand bo'ldi.

- Oldinda amaldagi chempion "Nasaf"ga qarshi bahs kutyapti.

- Bu o'yinga ham jiddiy hozirlik ko'ramiz. Uyda ketma-ket uchta uchrashuvda yuta olmaslik g'alati bo'ladi. Shu bois nima qilib bo'lsa-da, "Nasaf"ni mag'lub etishga harakat qilamiz. Chempionatda intrigani saqlab qolish uchun ularni yutishimiz kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика