So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Oliy ligani tark etishga taraddud ko'rayotgan klublar Yangiliklar

Oliy ligani tark etishga taraddud ko'rayotgan klublar

So'nggi yillarda O'zbekiston chempionatining yuqori pog'onalaridan ko'ra ko'proq quyi ligaga tushib ketadigan jamoalar ishtirokidagi o'yinlar qiziqarli ko'rinish olayapti.

Bu yil omadsiz jamoalarning soni 5taga ko'paygani, oliy ligadagi kuchsiz klublar sonini ortishi bilan baholash mumkin.

Hozir xavfli zonaning eng quyi pog'onasidan “Andijon”o'rin olgan. Klub hisobida 16 ochko mavjud. Undan 2 ochko ko'p jamg'argan Qo'qon-1912 hisobida 18 ochko bor. So'nggi turlarni ko'taringki kayfiyatda o'tkazayotgan Obodda esa 19 ochko. Garchand Navbahor va Olmaliq hisobida 22 ochko bo'lsa-da, ularning taqvimi boshqalarga nisbatan oson emas. Faqat tajriba evaziga Igor SHkvirin jamoasi zaxira ochkolarini ko'paytirib olishi mumkin.

Keling, qolgan 6ta tur taqvimiga nazar solamiz.

Olmaliq
1.   Olmaliq- BUNYODKOR(qoldirilgan uchrashuv)
2.   Mashal – Olmaliq
3.   Olmaliq – SHo'rtan
4.   Olmaliq – Andijon
5.   Obod – Olmaliq
6.   Olmaliq- Paxtakor
7.   Qo'qon-1912 – Olmaliq



Olmaliq mazkur uchrashuvlarda kamida 6 ochko jamg'arishi kerak bo'ladi. Undan pastda turgan raqiblar baribir barcha o'yinlarda g'alaba qozona olmaydilar. 6 ochkolik tafovutni ushlash uchun qo'shimcha 6 ochko jamoani oliy ligada olib qoladi. Agar bu ochkolar Andijon va Qo'qon-1912 klublari bilan bo'lib o'tadigan o'yinlarda qo'lga kiritilsa, ularning ishi yanada osonlashadi. Jamoa uchun taqvimni qiyin tomoni shundaki, asosiy raqiblar bilan safarda to'p tepadi. O'z maydonida esa chempionlik sari kurashishda davom etayotgan Bunyodkor va hali uchinchi o'rindan umidini uzmagan Paxtakorga qarshi bahs bor.

NAVBAHOR
1.   Navbahor – Buxoro
2.   Nasaf – Navbahor
3.   Navbahor – Qizilqum
4.   Metallurg – Navbahor
5.   Navbahor – Bunyodkor
6.   Andijon – Navbahor



Eng qiyin taqvim shubhasiz Navbahorda. Joriy yil 1996 yilda qo'lga kiritilgan chempionlikning 20 yilligini munosib nishonlagan klubdan muxlislar o'ntalikka kirishni kutgandilar. Afsuski, avvaliga Rashid G'ofurov, keyin Aleksandr Volkov klubni tark etishdi. Ravshan Bozorovga qolgan jamoa biron narsani o'zgartira olmadi. Aksincha, jamoaning o'yinida sifat yo'qoldi. Klub ikkinchi davrada birin-ketin yirik mag'lubiyatlarga uchray boshladi. Obod (3:0) va Paxtakor (1:5) bilan bo'lib o'tgan o'yinlardagi natijalar muxlislarga yoqmagani aniq.

Navbahor to'rtinchi o'rin uchun kurashayotgan ikkita klub Qizilqumva Buxoroni o'z maydonida qabul qiladi. Agar 29-turda Bunyodkorning chempionlikka bo'lgan imkoniyati saqlab qolinsa, Namanganda Navbahor yana ochkosiz qolishini taxmin qilish mumkin. Safardagi o'yinlar undan-da qiyin. Qarshida Nasaf, Bekobodda Metallurgva so'nggi turda hayot-mamot jangi, Andijon - Navbahor. Aynan shu o'yin oliy ligada kim qolishiga oydinlik kiritishi ham mukin bo'ladi.

Obod
1.   So'g'diyona – Obod
2.   Obod – Mashal
3.   SHo'rtan – Obod
4.   Obod – Olmaliq
5.   Obod – Andijon
6.   Paxtakor – Obod



Birinchi davrani so'nggi pog'onada yakunlagan Obod uchun ko'plab qiyin o'yinlar ortda qoldi deb aytsa bo'ladi. Quyi jamoalar ichida poytaxtliklar ikkinchi davrada hozircha eng ko'p ochkoni qo'lga kiritdilar - 11. Oboddan o'z maydonida bo'lib o'tadigan o'yinlarda g'alaba talab qilinadi. SHunda jamoa aniq oliy ligada qoladi. Safarda esa SHo'rtanva So'g'diyona. Agar solishtirsak, Navbahor va Andijonning raqiblaridan ko'ra ochko olishi ehtimoli mumkin bo'lgan klublardir.

QO'QON-1912
1.   Lokomotiv – Qo'qon-1912
2.   Qo'qon-1912 – Neftchi
3.   So'g'diyona – Qo'qon-1912
4.   Qo'qon-1912 – Mashal
5.   SHo'rtan – Qo'qon-1912
6.   Qo'qon-1912 – Olmaliq



Mazkur beshta klub ichida Obod va Qo'qon-1912 jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda mazmun ham bor. Obodning o'yini avvaldan yaxshi edi, faqat yigitlarning oliy ligaga moslashishi uchun vaqt ketdi. Hasanov kelgach esa Qo'qon-1912 umuman boshqacha o'ynay boshladi. Keyingi ikkita tur Qo'qon-1912ga oson bo'lmaydi. Lokomotiv endi ochkolar uchun tish tirnog'i bilan yopishadi. So'nggi ikki tur “temiryo'lchilar” uchun o'ta og'ir keldi. Allaqachon rejasini bajarib bo'lgan So'g'diyona bilan bo'lib o'tadigan o'yinda qo'qonliklar ochkodan umid qilsalar bo'ladi. Keyingi o'yin esa uyda Mashal bilan. Navbahor va Olmaliqdan farqli ravishda Qo'qon-1912ga 6 ochko kamlik qiladi. Vodiyliklar so'nggi 6ta o'yinda kamida 9 ochkoni qo'lga kiritishlari kerak.

ANDIJON
1.   SHo'rtan – Andijon
2.   Andijon – Metallurg
3.   Olmaliq – Andijon
4.   Andijon – Bunyodkor
5.   Obod – Andijon
6.   Andijon – Navbahor



So'g'diyona kabi oldiga qo'yilgan vazifani ortig'i bilan uddalay olgan SHo'rtan keyingi turda Andijonni qabul qiladi. Andijon uchun safarda ochko olish mumkin bo'lgan eng ideal raqibi oq bo'rilardir. Agar Orif Mamatkazin bir amallab keyingi ikki turda ochko ola bilmasa, keyingi to'rt tur ular uchun Boxing Daydanda og'ir bo'ladi. G'alaba qozonmasa o'zi qiynalib qoladigan ikki klub Olmaliqva Obod mezbon rolida. 28-turda ham chempionlik uchun kurashayotgan Bunyodkor bilan Toshkentdagi o'yin va chempionatning so'nggi turida vodiy derbisi, Andijon - Navbahor.

Oliy ligada faqatgina bir jamoa kuchlilar safini tark etadi. Bu o'ringa allaqachon Samarqandning Dinamosi bosh nomzod sifatida quyi liga turnir javdalining yuqori pog'onasidan mustahkam joy egallab bo'lgan. Oliy liganining 15-jamoasi hamda birinchi liganing ikkinchi jamoasi o'rtasida bo'lib o'tadigan o'yinda shubhasiz oliy liga klubi favorit. Hozircha bu o'ringa Cementchi va Norin jamoalari kurash olib borayaptilar.

Evropadan farqli ravishda bizda quyi ligaga omadsiz jamoalar emas, kuchsiz, ish rejasi ancha sust bo'lgan klublar tushib ketadi. Bu borada klublarimiz oldida qilinadigan ishlar juda ko'p. Bizning klublarga futbolni chuqur tushunadigan, muxlislar ko'nglini bir yillik natija bilan emas, poydevorni to'g'ri qo'yib uzoq yillar davomida xursand qiladigan rahbarlar kerak.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика