O'zbekiston - Qatar uchrashuvi uchun chiptalar oflayn sotiladi
30 may 12:43
Yangiliklar


O'zbekiston - Qatar uchrashuvi uchun chiptalar oflayn sotiladi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini qabul qiladi.
iTicket kompaniyasi va O'FA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi o'yinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida faqat “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionida oflayn savdo tartibini joriy etadi. Mazkur chiptalar maxsus kodlangan. Avvalgi uchrashuvlarda firibgarlar elektron chiptalarni soxtalashtirib, ko'plab muxlislarning stadionga kirolmasligiga sababchi bo'lishgandi.
Chiptalar sotuvi boshlanish sanasi yuzasidan qo'shimcha malumot taqdim etiladi.
O'zbekiston — Qatar
10-iyun 18:45
“Bunyodkor” stadioni
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Тем более БАА дан ютуқ ёки дуранг натижа билан қайтилса нималар бўлишини тасаввур қилаверинглар.