Muhammadali O'rinboev: "Franciya - Evropaning top jamoasi, saralashga tayyor holatda boramiz"
30 may 16:59
Yangiliklar


Muhammadali O'rinboev: "Franciya - Evropaning top jamoasi, saralashga tayyor holatda boramiz"
O'zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchisi Muhammadali O'rinboev qura natijalari va tayyorgarlik jarayoni haqida fikrlarini bildirdi.
"Hozirgi kunda jamoalarning aniq darajasini baholab bo'lmaydi, chunki ko'pchilik tarkiblar yangilangan, o'yinchilar aralash. Biz esa tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Saralash uchrashuvlarigacha tayyor holatga kelamiz, deb o'ylayman.
Fikrimcha, guruhda bizdan keyingi eng jiddiy raqib — Falastin. Albatta, barcha jamoalarga omad tilayman.
Franciyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi esa biz uchun katta ahamiyatga ega. Franciya — Evropaning eng kuchli top jamoasi. Bunday raqibga qarshi o'ynash orqali katta tajriba to'playmiz", — dedi O'rinboev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar