Ali Xasif: "O'zbekiston engib bo'lmas to'siq emas"
30 may 2025 15:40
Yangiliklar
Ali Xasif: "O'zbekiston engib bo'lmas to'siq emas"
Birlashgan Arab Amirliklari darvozaboni Ali Xasif jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bo'lajak o'yin juda muhim ahamiyatga ega va biz bunga to'liq tayyormiz. Muxlislarga g'alaba orqali hayit sovg'asini taqdim etishni niyat qilganmiz. Oldimizda qiyin sinovlar kutib turganini anglab turibmiz, biroq bu engib bo'lmas to'siq emas, ayniqsa, jamoaga jamoa va o'yinchilarni yaxshi biladigan Kosmin murabbiylik qilayotgan bo'lsa. Biz muvaffaqiyatli natijaga erishishni istaymiz", dedi 37 yoshli posbon.
Eslatib o'tamiz, BAA – O'zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar