Ravshan Haydarov: "Hech kimdan qo'rqmaymiz, lekin har bir raqibga hurmat bilan yondashamiz"
30 may 2025 16:45
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "Hech kimdan qo'rqmaymiz, lekin har bir raqibga hurmat bilan yondashamiz"
Unga ko'ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-23 terma jamoasi Qirg'iziston, Shri Lanka va Falastin bilan birga "E" guruhidan joy oldi. Bizning guruh o'yinlari Qirg'izistonda bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov qura tashlash yakunlari va kelgusidagi rejalar haqida quyidagicha fikr bildirdi.
"Qura jarayonida saralashdagi raqiblarimiz va mezbon mamlakatni bilib oldik. Yoshlar miqyosidagi turnirlarda har qanday jamoadan kutilmagan natijalar chiqishi mumkin, chunki yosh futbolchilar har oyda o'zgarib, o'sish jarayonidan o'tishadi.
Qirg'iz Respublikasida futbolga katta etibor qaratilayapti, yangi maydonlar qurilyapti. Ular mezbon sifatida yaxshi tayyorgarlik ko'rishi tabiiy — bu ular uchun katta motivaciya.
Falastin termasi doimo sirli jamoa hisoblanadi. Mamlakat og'ir sharoitda ekaniga qaramay, ko'plab futbolchilari Evropada to'p suradi.
Shri-Lanka haqida hozircha to'liq malumotga ega emasmiz. Ular bilan avval to'qnash kelmaganmiz, o'rganishni endi boshlaymiz. Hech kimdan qo'rqmaymiz lekin har qanday raqibni hurmat qilishimiz kerak. Barcha raqiblar bo'yicha malumot yig'yapmiz, ammo asosiy etiborni o'z tayyorgarligimizga qaratyapmiz.
Futbolchilarning Superligadagi o'yinlarini kuzatib, tayyorgarlikka jalb qilib, jamoa o'yinini shakllantiryapmiz. Avvalgi U-20 terma jamoasi safidagi ko'p futbolchilar hozir milliy jamoa yoki legioner sifatida faoliyat yuritmoqda. Ular o'rniga yangi istedodlarga imkoniyat berayapmiz.
Bizning asosiy maqsad — U-23 Osiyo Kubogiga yo'llanma olib, futbolchilarni katta musobaqalar uchun toblash", — dedi Ravshan Haydarov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar