Oleksandr Pishur uchinchi to'purar legioner!
08 noy 2013 18:26
Yangiliklar

Oleksandr Pishur uchinchi to'purar legioner!
O'zbekiston XXI milliy chempionatida "Bunyodkor" klubining ukrainalik hujumchisi Oleksandr Pishur to'purar bo'ldi.
Mavsum davomida o'zining gol sezish qobiliyatini namoyish eta olgan bo'ydor hujumchi oliy ligada 19ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Pishur mavsum davomida bitta xet-trik va uchta dublni rasmiylashtirdi.
Takidlash lozimki, bugunga qadar oliy ligada ikkita xorijlik futbolchi mavsumni to'purar bo'lib tugatgan. Qizig'i ular ham aynan "Bunyodkor" safida shunday natijaga erishishgan. 2009 yil braziliyalik Rivaldo hammadan ko'p gol (19) urgan bo'lsa 2011 yilda serbiyalik Milosh Trifunovich 17ta gol bilan birinchi bo'lgandi.
SHu tariqa, "qaldirg'ochlar" tarkibida o'ynagan uchinchi xorijlik futbolchi O'zbekiston chempionati to'purari bo'ldi.
Keyingi o'rinlarni "Nasaf" vakili Artur Gevorkyan (18ta gol) va "Lokomotiv" hujumchisi Farhod Tojiev (17ta gol) egallashdi.

Fikrlar