So’nggi yangiliklar

10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  3 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  1 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  2 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  4 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  1

Odil Ahmedov: O'zbekiston termasi safida eng tezkor golni urganimni aytishdi Yangiliklar

Odil Ahmedov: O'zbekiston termasi safida eng tezkor golni urganimni aytishdi

Odil Ahmedov Yaman va Filippinga qarshi o'yindan so'ng "Krasnodar" klubi rasmiy saytiga intervyu berdi.

O'zbekiston terma jamoasi ikkala o'yinda ham g'olib bo'ldi, Krasnodar futbolchisi esa mamlakat rekordini qayd etdi.

- Odil, endi O'zbekistan terma jamoasi sardorisiz. Yangi statusni qanday qabul qildingiz?
- Oldin men vice-sardor edim, yangi murabbiy sardorlik uchun so'rov o'tkazishga qaror qildi. Yigitlar menga ovoz berishdi, bu bilan menga ishonch bildirishdi. Ularning ishonchini oqlashga urinaman.

- Filippinga qarshi bahsda 1-daqiqadayoq gol urdingiz. Faoliyatingiz davomida bunchalik tez gol urganmidingiz?
- Yo'q, bu birinchisi. Ilk soniyalardanoq raqibga nisbatan pressing qildik, to'pni olib qo'ydik, menga to'p kelgach tepishga qaror qildim. Darvozabon esa bunga tayyor emas ekan. O'yindan so'ng menga O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng tezkor golni urganimni aytishdi.

- 3ta o'yindan so'ng O'zbekiston o'z guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoa bundan ham ko'prog'ini istayaptimi?
- Albatta, biz birinchi bo'lishni xohlaymiz – maqsadimiz shunday. Birinchi o'rin keyingi bosqich yo'llanmasini taqdim etadi. Hozir biz KXDRdan 3 ochko orqadamiz, bu raqibni Toshkentda qabul qilamiz. O'sha o'yinda g'alaba qozonishga urinamiz. Bundan tashqari ular boshqa raqiblar bilan o'yinlarda ochko yo'qotishlari mumkin. Asosiysi, o'zimiz ochko yo'qotmasligimiz kerak.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика