Robyerto Karlosga Odil Ahmedov va "Real" haqida savol byerildi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2025, 16:31
Futzal bo'yicha O'zbekiston Supyerkubogiga mehmon sifatida taklif etilgan futbol afsonasi Robyerto Karlos matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Savol: O'zbekiston tyerma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov bilan “Anji”da birga o'ynagansiz. O'sha davrlardan qanday umumiy xotiralar qolgan?


Robyerto Karlos: - Iliq xotiralarni yodga tushirgan savolingiz uchun katta rahmat. Odil Ahmedov jamoamizga kelgan paytdayoq uning salohiyatiga amin bo'lganman. Maydonni ko'ra bilishi, o'yinni o'qishi, tashkil etish qobiliyati va aniq to'p uzatishlari bilan yuqori darajadagi futbolchi ekanligini isbotlagan. Odil bilan birga to'p tepish men uchun sharaf bo'lgan. Odil bilan yaxshi do'st, o'rtoq bulib qolganmiz. Kecha futzal uchrashuvini birgalikda o'tirib, tomosha qildik. U bilan yana diydorlashganimdan xursandman.

Supyerkubokka taklif bois O'zbekistonga keldim. Mamlakatingiz futbolining juda tez, jadal o'sayotganini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Barchangizni Jahon chempionati yo'llanmasi bilan tabriklayman. Bizni Toshkentga, ajoyib tadbirga taklif etganliklari uchun O'FF rahbariyatiga minnatdorligimni bildiraman.


Savol: - Xabi Alonso boshchiligida “Real” qanchalik yuksak natijalarni qayd eta oladi?


Robyerto Karlos: - Men “Real”ning faxriy elchisiman. Ko'p ma'lumot byera olmayman. “Real” katta klub. Hamisha yuksak marralarni ko'zlab, ulkan maqsad sari harakat qiladi. Bu jamoaga har bir mutaxassis har tomonlama tayyor bo'lib keladi. Xabi Alonsoda ham katta ishtiyoq bor. Biz uni qo'llab quvvatlaymiz. Unga ishonamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia