Odil Ahmedov nima sababdan SSKA yoki “Zenit”ga emas, balki “Krasnodar”ga o'tganini haqida gapirib berdi

Nozimov Nig'monxo'ja
26 dek 2023, 08:07
O'zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Ahmedov nima sababdan “Anji”dan “Krasnodar”ga o'tganini tushuntirib berdi.

“Nega SSKA yoki “Zenit”ga o'tmagansiz? “Krasnodar” egasi Sergey Galitskiy meni ishontirdi. Bundan tashqari, Krasnodardagi ob-havo O'zbekistonnikiga o'xshaydi. O'zimni uydagidek his qildim.

Albatta, men o'zimni Chempionlar ligasida sinab ko'rmoqchi edim, ammo Galitskiy meni “Krasnodar” tez orada ushbu turnirning doimiy ishtirokchisiga aylanishiga ishontirgandi”, - deya Ahmedovning so'zlarini keltiradi Setanta Sports.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: setanta Sports