So’nggi yangiliklar

20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  3 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  4 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  6 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2

OCHL. "Lokomotiv" "Al Ittihod" bilan uchinchi marta kuch sinashadi Yangiliklar

OCHL. "Lokomotiv" "Al Ittihod" bilan uchinchi marta kuch sinashadi

9 aprel kuni "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvini o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" Saudiya Arabistonining Jidda shahrida "Al Ittihod" mehmoni bo'lishadi. "Qirol Abdulloh" stadionida kechadigan bahs mahalliy vaqt bilan 20:45da boshlanadi. 

Bu har ikki jamoaning o'zaro uchinchi to'qnashuvi bo'ladi. Malumki, 2016 yil o'tkazilgan Osiyo chempionlar ligasida ham "Lokomotiv" va "Al Ittihod" bitta guruhdan joy olgan va o'shanda ikkala uchrashuv durang natija (1:1) bilan yakun topgandi. 

23 fevral kuni o'tkazilgan Toshkentdagi bahsda Sardor Mirzaev gol muallifi bo'lgan. Mehmonlar safida Gelmin Rivas to'p kiritgan. Oradan bir hafta o'tib Jidda shahrida javob uchrashuvi o'tkazilgan va bu o'yin ham 1:1 hisobida yakun topgan. 

O'shanda Salli Muntarining goliga zaxiradan maydonga tushgan Temurxo'ja Abduxoliqov penaltidan to'p kiritib javob bergandi. SHundan beri oradan vaqt o'tdi va mana endi Osiyo chempionlar ligasining uchinchi mavsumiga kelib jamoalar yana bir guruhdan o'rin olishdi. 

O'tgan vaqt mobaynida "Loko" safida bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. 2016 yil "Al Ittihod"ga qarshi maydonga tushganlardan Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Server Jeparov, Nemanya Yanichich, Sanjar SHoahmedov, SHerzod Fayziev, Marat Bikmaev, Ikrom Aliboev, Sadriddin Abdullaev, Quvondiq Ro'ziev, Jasur Hasanov kabi futbolchilar "temiryo'lchilar" safini tark etishdi. Jamoa sardori sifatida harakat qilgan Timur Kapadze futbolchilik faoliyatiga yakun yasab murabbiylik kasbini boshladi. 

Endi ertaga jamoalar uchinchi marta o'zaro kuch sinab ko'rishadi. SHuni aytish lozim, ertangi o'yinga muxlislar kiritilmaydi. CHunki "Al Ittihod" stadioni OFK tomonidan ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilingan. "Qirol Abdulloh" stadionida bo'lib o'tgan "Al Ittihod" - "Al Rayan" bellashuviga ishqibozlar kiritilmadi. Ertangi uchrashuv ham shunday tarzda kechadi. Toshkentda bo'lib o'tadigan javob bellashuvi esa 22 aprelga belgilangan. 

Quyida 2016 yil Toshkentda va Jiddada o'tkazilgan "Lokomotiv" - "Al Ittihod" bahsini fotosuratlar yordamida esga olamiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика