So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

"Arsenal" mavsum oxirida Arteta bilan xayrlashadi! Yangiliklar

"Arsenal" mavsum oxirida Arteta bilan xayrlashadi!

Ispaniyalik murabbiy uchun Londondagi hal qiluvchi mavsum.

Mikel Arteta "Arsenal" bilan muvaffaqiyatga erishish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.


Anri Artetaning holatini ideal tarzda ifodalab berdi

"Arsenal" 2019 yil dekabridan buyon bosh murabbiyini alishtirgani yo'q. Faqatgina birinchi mavsumda Arteta malum vaqt davomida kurashish, o'yinlarni yutib borish talab qilinadigan musobaqada g'olib bo'ldi, bu – Angliya Kubogi. Bundan keyin mamlakat Superkubogida ikki bor zafar quchildi – bu sovrin uchun kurash bitta o'yindan iborat. Ketma-ket uch bor "Arsenal" APL jadvalida ikkinchi bo'ldi. Shu sababli klub afsonasi Terri Anri Arteta tanqidchilarini qo'llab-quvvatladi. Mikel balki "Arsenal" sobiq forvardini shunchaki hasad qilishda ayblashi mumkin. Anrining aynan murabbiylikda ketmoni hozircha uchmayapti. Franciyalik Mikelga mabodo chiqish eshiklari ko'rsatilgan taqdirda ham London klubi bosh murabbiyiligiga taklif qilinmaydi. To'g'ri, Anri qaysidir manoda hasad qilgan bo'lishi ham mumkindir, ammo u murabbiy sifatida o'zining salohiyatini to'g'ri tushundi va endi boy klublar bilan ishlashga oshiqmayapti. 

"Arsenal" meni taajjublantirdi deya olmayman, ammo odamlar jamoa ishtiroki haqida bunday savollar berayotgani normal holat. Avval boshida, Arteta jamoaga endi kelganida, kollektiv unga begona edi. Murabbiy istagan barcha narsani o'zgartirish uchun kamida 2-3 ta transfer oynasi kerak. Murabbiy o'z g'oyalarini amalga oshirishi uchun vaqt kerak bo'ladi. Lekin oxirgi uch mavsum "Arsenal" kamida bitta sovrin yutishi yoki hech bo'lmasa katta finalga erishishi kerak edi. "Manchester Yunayted" oxirgi besh yilda beshta finalda o'ynadi. Ha, erinmagan futbol muxlisi borki, kulgiga mavzu qilib ko'rgan o'sha "Yunayted". Rivojlanib borayotgan va o'sishga erishayapti deyilgan "Arsenal" uch yilda biror marta finalda o'ynamadi. Shuning uchun odamlar: "Arteta sovrin yutish vaqti kelmadimi?" - deb savol berayotganini to'g'ri tushunaman". 

Shuningdek, Anri Arteta qurayotgan "Arsenal" haqidagi dialoglardan birida ustalik bilan fikr bildirib ketgan. Mikel yangidan-yangi qavatlarni qurmoqda, ammo bu qavatlar sovrin bilan ham to'ldirilyaptimi? Bu fikrda bir tomondan to'g'ridan-to'g'ri "otilgan tosh", tuhmat yo'q, lekin Arteta mana shu haqiqat uchun ham Terridan xafa bo'lishi mumkin. Keyinroq francuz o'z poziciyasini batafsilroq aytib, vaziyatni yumshatishga urinib ko'rdi. Anridan "Arsenal" bahordagi omadsizliklaridan keyin klub chempionlikka erishishiga ishonasizmi, deb berilgan savolga quyidagicha javob berdi:

"Nazarimda, Arteta o'z ishini alo darajada bajarmoqda. Albatta, uni hech qanaqasiga hozir jamoadan ketkazib bo'lmaydi. Men yangi mavsum "Arsenal"ning chempionlikka erishishiga ishonamanmi? Ha. Hammasi yaxshi va yanada yaxshi bo'lishi kerak".

Aslida, bir oy farq bilan aytilgan bu ikki fikrda global farq yo'q. Sovrinlar yo'qligi sababli Arteta haqli ravishda tanqid qilinmoqda. U besh yildan ko'proq vaqt davomida bitta jamoani boshqarmoqda. Bu APLning boy jamoasi uchun ko'p vaqt. Klopp va Gvardioladan farqli o'laroq, "Arsenal" ustozi jamoasini evroarenada finallarga olib chiqa olmadi. Londonliklar rahbariyati APLdagi g'alabadan boshqa biror musobaqadagi g'alabani nishonlay olmaydi. Artetaning shartnomasi 2027 yilgacha uzaytirildi. Endi amerikalik boss va talabchan muxlislar "Arsenal" musobaqalarda g'olib bo'lishini ko'rishni istashmoqda.

Kronke loyiha o'sishdan to'xtab qolganini tushunib turibdi

Tasavvur qiling, siz "Arsenal" egasisiz. Ziqna deyiladigan Kronke Artetaga transferlar uchun byudjet ajratdi. 2020 yil yozidan buyon, aynan o'shanda Mikel klubning transferlariga to'liq tasir kuchiga ega bo'lgan, undan ko'proq faqat Manchester klublari va "Chelsi" pul sarfladi. Dyokereshning transferi milliard evrolik dovondan o'tish imkonini beradi.

Endi o'zingizni Kronkening o'rniga qo'ying va savol bering: jamoa aytarli hech qanday sovrin yutmasa, Artetani bosh murabbiylikda qoldirish kerakmikin? To'g'ri javob – yo'q, qoldirish kerak emas. "Tottenxem" Postekogluni Evropa Ligasidagi g'alabadan keyin haydab yubordi. "Tottenxem" muxlislari ham yangi mavsumda yangi murabbiy Frank bilan APLda chempionlikdan umid qilishmoqda. Klub o'zi uchun katta ishlarni qilmoqda va deyarli barcha chiziqda sifatli ijrochilar mavjud.

"Arsenal"ning puli undan ham ko'p, klub reputaciyasi esa Saliba, Rays va Edegor singari yaxshi futbolchilarni tarkibga jalb qilish imkonini beradi. Endi esa bor etiborni ishga qaratib, Artetaga mavsum davomida nolishni taqiqlab qo'yish va musobaqlarning qaysi biri muhimligini aniqlab olish qoldi. Katta ehtimol "Arsenal"ni ham Chempionlar Ligasi, ham APLga kuchi etmaydi. Boshqa tomondan "kanonirlar" "Chelsi" va "Man Siti"dan farqli ravishda klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmadi, "Liverpul" futbolchilari esa dahshatli fojiani boshdan o'tkazishdi – aka-uka Jotalar avtohalokati. "Arsenal"ning imkoniyatlari yo'q emas.

Tarkibda Gyokeresh paydo bo'lishi bilan Arteta tug'ma snayperi yo'qligi haqida bahona qila olmaydi. Portugaliya chempionatining yangi qiroli APLda o'ynab keta oladimi yoki yo'q, bilib bo'lmaydi. Ronaldu va Brununi misol sifatida ko'rsatadiganlarga, Falkao va Jardelni eslataverishadi. "Sporting" forvardi Madueke va Subimendi orqali Mikelning orzusidagi tarkibga maksimal ravishda yaqin kelindi. Arteta futbolchilarni o'zi tanladi va bu tarkibni ancha vaqt davomida yig'di.

"Arsenal" darvozasida hozir Kepa va Rayya bor. Bu Premer-ligada o'tgan mavsumdagi seyvlar nisbati bo'yicha birinchi va uchinchi darvozabonlar. Lazaretdan jangchi va jamoa etakchisi Gabriel qaytdi. Vilyam Saliba "Real" qiziqishiga qaramay, hozircha Londonda. Timber qanotda Saka bilan ancha chiqishib olgan, chapda esa yosh Lyuis-Skelli bor va u yangi vinger Maduekeni kutmoqda. Yoz oxirigacha hattoki Rodrigoni olib kelishga ham pul etarli, ammo braziliyalik "Real"ni tark etishga shoshilmayapti.

Xavbek Subimendi Madridni emas, Londonni tanladi va asosiy tarkibda Partining o'rnini egallaydi. Rays va Edegor – jahon darajasidagi yulduzlar. Hujumda Gyokeresh, zaxirada esa "Chelsi" va "Manchester Siti"ning sobiq futbolchilarini ko'rish mumkin. Xaverc raqobatchilardan maksimal vaqt yutib olish uchun ter to'kadi. Balki Kay hujumning chap qanotida ham o'ynar. Arteta tarkibiga baho berish uchun birgina faktni keltirish etarlidek, Evropa chempioni Mikel Merino zaxiraga mixlanadi. Shunday ekan, Anri haq – "Arsenal" APLda g'olib bo'lishi mumkin. Mavsum sovrinsiz yakunlanadigan bo'lsa, Mikel Artetaga chiqish eshiklari ko'rsatilishi mantiqiy qaror bo'ladi.

Xorijiy saytlar asosida Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

   
23 iyu 23:56:10
Terror belli Decus pacis
"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади???? Кани манбаа? Кайси манбаа тасдиклади бу хабарни? Ёки муаллиф шахсан узи карор кабул килдими Артетани ишдан хайдашга? Журналистикамиз даражаси хам паст, сал мундо Sky Sports, Athletic дан урнак олиб туринглар бирор нима урганиб. Футболга кизикишни узи камлик килади футбол журналистикаси учун
   
23 iyu 23:30:10
LRI fan
Yusupov Doniyor foydalanuvchining fikriga javob berish
Arteta jamoani raqobatbardosh jamoaga aylantirdi. Anri chempion boʻlgan davr bilan hozirgi futbolni farqi bor u paytlar faqat Arsenal va Manchester Yunayted chempionlik uchun kurashgan hozir esa bu 5-6 jamoa kurashmoqda
Adashib ketmadizmi? Usha paytlardaxam big four bulardi yani katta 4 lik liver xam chelsea xam kirardi bu turtlikka
   
23 iyu 21:04:43
Dilshod Bozorboyev
Arsenal muxlislari uchun Arteta ideal murabbiy. Sovrin yutmasa ham katta jamoalarni barini yutyapti. Shunisi mazzaku aslida.
   
23 iyu 20:59:08
Utkirjon
Эх Арсенал кандай кучли жамоа эди вактида
   
23 iyu 20:14:14
Aliakbar RM
Arteta zo'r ob ketyapti g'oyalqri yaxshi. Apl o'ta kuchli ychl da ham. Psj tomonga tushmasa finalga chqarmidi. Bu yil. Apl chempionligiga qatiq tashlasa kere. Chelsi Liverpool ham kuchayapti. Siti havfli barbir. Qiziq bo'ladi
   
23 iyu 20:11:19
Yusupov Doniyor
Arteta jamoani raqobatbardosh jamoaga aylantirdi. Anri chempion boʻlgan davr bilan hozirgi futbolni farqi bor u paytlar faqat Arsenal va Manchester Yunayted chempionlik uchun kurashgan hozir esa bu 5-6 jamoa kurashmoqda
   
23 iyu 19:59:07
Khusanboy Baxromov
Манчестр юнайтетдака холатга тушард артета жамони кайтадан шакилантирди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика