"Dinamo" o'rtoqlik o'yinida Belarus klubini yirik hisobda taslim qildi
23 iyu 17:43
Yangiliklar


"Dinamo" o'rtoqlik o'yinida Belarus klubini yirik hisobda taslim qildi
Belarus Oliy ligasi vakili «Molodechno»ga qarshi o'tgan uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari raqibdan ustunlik qilishdi va 1-bo'limning o'zidayoq o'yin taqdirini hal qilishdi. Anvarjon Hojimirzaev hisobni ochgan bo'lsa, jamoaning yangi hujumchisi Ulug'bek Hoshimov dublga erishdi – 3:0. Samarqandliklar yig'indagi so'nggi o'yinini 25 iyul kuni «Vitebsk»ga qarshi o'ynaydi.
O'rtoqlik o'yini. 23 iyul. Minsk
«Molodechno» - «Dinamo» - 0:3
Gollar: Anvarjon Hojimirzaev 15, Ulug'bek Hoshimov 25, 35.
«Dinamo»: Ravshanbek Yagudin, Ulug'bek Abdullaev, Jaloliddin Jumaboev, Oleksandr Kucherenko, Sanjar Qodirqulov, Ratino, Dmitriy Pletnyov, Jahongir Abdusalomov, Richard Fraydey, Anvarjon Hojimirzaev, Ulug'bek Hoshimov.
Zaxira: S.Karimov, A.Abdurasulov, M.Stanoevich, F.Abdurahmonov, B.Nasimov, B.Obloqulov, M.Mirahmadov, A.Hoshimov, X.Xalilov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar