“Al-Hilol” Saudiya Arabistoni Superkubogida ishtirok etishdan bosh tortdi
21 iyu 09:56
Yangiliklar


“Al-Hilol” Saudiya Arabistoni Superkubogida ishtirok etishdan bosh tortdi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi matbuot xizmati futbolchilarning charchoqlari tufayli klub Saudiya Arabistoni Superkubogida ishtirok etmasligini malum qildi.
Klub bayonotida aytilishicha, klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki sababli futbolchilarga 24 kunlik tatil berilgan. Agar ular Superkubokda ishtirok etishsa, tatil 21 kungacha qisqartirilardi.
Qayd etilishicha, bu SAFF tomonidan chiqarilgan Futbolchilarning kasbiy mahorati va maqomi qoidalariga ilovaga kiritilgan majburiy shartnomalarning (5.6) bandiga zid keladi. Sababi futbolchilarning shartnomasida har yili kamida 28 kunlik tatil oliq huquqi bor. Shu sababli Superkubogning amaldagi chempionlari turnirda ishtirok etmasliklarini malum qilishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar