Asror Aliqulov jamoadan ketgani yo'q - "Mashal"
22 iyu 11:54
Yangiliklar


Asror Aliqulov jamoadan ketgani yo'q - "Mashal"
Ikkinchi davraga tayyorgarlik olib borayotgan Muborakning "Mashal" jamoasida murabbiylar shtabida vaqtincha o'zgarish yuz berdi.
"Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko'ra, bosh murabbiy Asror Aliqulov jamoa bilan bo'lmayotgani aytilyapti.
Mazkur holat bo'yicha olingan rasmiy malumotlarga ko'ra, Asror Aliqulov vaqtincha tatilga chiqqan. Tatilning sababi oilaviy sharoitlar bilan bog'liq. Uning "Mashal" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi va klub murabbiyga to'liq ishonch bildiradi.
Ayni paytda jamoani Otabek Narzullaev ikkinchi davraga tayyorlamoqda", – deyiladi muborakliklar xabarida.
Avvalroq Superligada navbatdagi istefo ro'y bergani haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar