Joze Mourinyu: "Ilgari ko'proq pul topgani eng yaxshi murabbiy deb hisoblanardi, endi esa – eng yaxshi obrazga ega bo'lgani. Bugun eng muhimi – yuqori darajali piarga ega bo'lish"
23 iyu 15:49
Yangiliklar


Joze Mourinyu: "Ilgari ko'proq pul topgani eng yaxshi murabbiy deb hisoblanardi, endi esa – eng yaxshi obrazga ega bo'lgani. Bugun eng muhimi – yuqori darajali piarga ega bo'lish"
"Menga nima motivaciya beradi? Keyingi o'yinda g'alaba qozonishni xohlayman, men qilayotgan ishim menga chindan ham yoqadi. Davom etmaslik yoki o'zimni yosh his qilmaslik uchun hech qanday sabab topa olmayman. Bundan tashqari, oilam bor, ular menga motivaciya berib turishadi, yana ko'p narsalar oldinda ekanligiga ishontirishadi.
20 yilcha avval faoliyatini boshlagan Mourinyu bilan bugungi Mourinyu o'rtasida hech qanday farq ko'rmayman: mavsumlarga tayyorgarlik ko'rishim, mashg'ulotlarni olib borishim, men bilan ishlaydiganlar bilan o'zaro aloqa o'rnatishga urinishim – bularda hech qanday o'zgarish yo'q.
Bugun murabbiy bo'lish avvalgidan qiyinroq. O'yin qoidalari o'zgardi: murabbiylar shtabining tayyorgarligi va ixtisoslashuvi boshqacha bo'ldi.
Faoliyatim boshidayoq murabbiy – bu menedjer deb aytganman. O'yinchilarning sport tarbiyasi, ommaviy axborot vositalari... Bugun eng muhimi – yuqori darajali piarga ega bo'lish, chunki dunyo obrazlarga qurilgan. Ilgari ko'proq pul topgani eng yaxshi murabbiy deb hisoblanardi, lekin hozir emas. Endi eng yaxshi obrazga ega bo'lgan eng yaxshi murabbiy deb hisoblanmoqda", – dedi "Fenerbaxche" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar